$
12670.05 UZS
37.83
138.00 UZS
3.61
13560.75 UZS
82.17
23° Kechasi 15°

Sobiq harbiy xizmatchi jinoyat ustida qo‘lga olindi

12:39 / 27.12.2023

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Mirzaobod tumanidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan MChJ yuristi logistika xizmatlari ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi MChJ rahbaridan 14 ming AQSh dollari va 12 mln so‘m olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Aniqlanishicha, u viloyat prokuraturasi tomonidan mazkur mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida MChJning bekor qilingan guvohnomasini tiklash va soliq idoralari tomonidan 1 mlrd 950 mln so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘ini olishga qo‘yilgan ta’qiq masalasini ijobiy hal qilib berishni va’da qilgan.

Shuningdek, DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi bosh mutaxassisi Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi fuqaroga nisbatan ichki ishlar organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik masalasini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali hal qilib berish evaziga 6 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Bundan tashqari, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi katta inspektori fuqarodan noqonuniy tarzda 4 ming AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura organlari tomonidan ushlandi.

Aniqlanishicha, u Jinoyat Kodeksining 251-prim 1-moddasi 3-qismi bilan 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan mahkumni Navoiy shahridagi 11-sonli jazoni ijro etish muassasasidan Chirchiq shahrida joylashgan 14-sonli jazoni ijro etish muassasasiga ko‘chirilishida yordam berishini va’da qilgan.

DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan IJQKD bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Farg‘ona shahrida yashovchi, 1984-yilda tug‘ilgan sobiq harbiy xizmatchi o‘zining mansabdor tanishlari yordamida mahalliy fuqaroni ichki ishlar organlari tizimiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 4 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Bu ham qiziq

Venesuelada talabalarning Falastinni qo‘llab-quvvatlash mitingi bo‘lib o‘tdi

Venesuelada talabalarning Falastinni qo‘llab-quvvatlash mitingi bo‘lib o‘tdi

Yuzlab talabalar shaharning markaziy ko‘chalaridan biri bo‘ylab yurish qilgan.
14:34 / 01.05.2024
Bugun, 2-may kuni havo harorati 32 darajagacha ko‘tariladi

Bugun, 2-may kuni havo harorati 32 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 2-may kuni Toshkentda havo o‘zgarib tura…
08:14 / 02.05.2024
O‘zbekistonda eng ko‘p ish beruvchi 10 ta kompaniya nomi e’lon qilindi

O‘zbekistonda eng ko‘p ish beruvchi 10 ta kompaniya nomi e’lon qilindi

Yuqori o‘rinni NKMK va OKMK egallagan.
17:12 / 01.05.2024
Oxirgi yillarda mamlakatimizda 60 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan

Oxirgi yillarda mamlakatimizda 60 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan

Shavkat Mirziyoyev uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisida nutq so‘zlamoqda.
11:06 / 02.05.2024
Xitoy janubida avtomagistralning qulashi sodir bo‘ldi

Xitoy janubida avtomagistralning qulashi sodir bo‘ldi

“CCTV” xabariga ko‘ra, kamida 19 kishi halok bo‘lgan.
15:08 / 01.05.2024
Tog‘li hududlarda 8-maygacha qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Tog‘li hududlarda 8-maygacha qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.
11:41 / 01.05.2024
“Samarqand – Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi

“Samarqand – Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi

Qo‘shimcha reyslar 2024-yilning 3, 4, 5-may kunlari amal qiladi.
18:01 / 01.05.2024
Fransiyada mahbuslar soni rekord darajada oshdi

Fransiyada mahbuslar soni rekord darajada oshdi

Bu haqda “Report.az” xabar berdi.
11:10 / 01.05.2024
Rossiya Tojikistonning 650 ga yaqin fuqarosini deportatsiya qildi

Rossiya Tojikistonning 650 ga yaqin fuqarosini deportatsiya qildi

26-30-aprel kunlari Vnukovo aeroportiga uchgan 3101 tojikistonlik fuqarolardan 643 nafari Rossiya hukumati tomonidan tegishl…
08:28 / 02.05.2024
“The Beatles” musiqiy guruhi haqidagi filmning treyleri chiqdi

“The Beatles” musiqiy guruhi haqidagi filmning treyleri chiqdi

Filmning premyerasi 8-may kuni bo‘lib o‘tadi.
11:10 / 01.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!