$
12683.99 UZS
35.87
139.24 UZS
0.82
13647.97 UZS
25.94
32° Kechasi 21°

Sobiq Milliy xavfsizlik xizmatining binosi o‘rnida mehmonxona quriladi

09:32 / 02.03.2023

“Radisson” mehmonxonalar guruhi “Metropol Group” MCHJ bilan Toshkentda premium-klassdagi yangi mehmonxona ochish bo‘yicha kelishuv imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston mehmonxonalar assotsiatsiyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Radisson Collection Hotel” nomli yangi mehmonxona shahar markazida, Sayilgoh ko‘chasidagi (xalq tilida “Brodvey”) sobiq Milliy xavfsizlik xizmatining bosh binosi o‘rnida joylashadi.

Qurilajak mehmonxona kompleksi yaxlit me’moriy uslubga ega 4 ta binodan iborat bo‘lishi, asosiy va eng baland bino 22 qavat bo‘lib, unda 27 ming kv.m. maydonga ega “Radisson Collection Hotel” joylashishi kutilmoqda.

Premium toifadagi otel mijozlarga 164 ta xona, xususan prezident lyuks xonalarini taklif etadi.

Majmua hududi jamoat joyi, savdo zonalari, kinoteatr, ofislar, apartamentlar va ko‘p qavatli yerosti avtoturargohni o‘z ichiga oladi.

“Radisson Collection” – bu mahalliy diqqatga sazovor joylarga yaqin joylashgan eksklyuziv, premium mehmonxonalar to'plami. “Radisson Collection” mehmonxonalarining barchasi mehmondo'stlikning eng so'nggi standartlariga javob beradi, ular maxsus dizaynni ajoyib restoran, fitnes va kurort tajribasi bilan uyg'unlashtiradi”, – deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tish mumkin, “Metropol Group” sobiq MXX binosini 2021-yil iyulida 210 mlrd so‘m evaziga xususiylashtirgan. Bu kompaniyaning 100 foizi ulushi sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning o‘g‘li Doniyor Komilovga tegishli ekani ko'rsatilgan.


Bu ham qiziq

“Yuqoriga” multfilmidagi uchar uy ijaraga berilmoqda

“Yuqoriga” multfilmidagi uchar uy ijaraga berilmoqda

Bir kunlik ijara haqi bir kishi uchun o‘rtacha 100 dollarni tashkil qiladi.
12:03 / 07.05.2024
Farg‘onada O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston maxsus xizmatlari rahbarlari uchrashdi

Farg‘onada O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston maxsus xizmatlari rahbarlari uchrashdi

Ular mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga oid barcha muammolar to‘plamini muhokama qilgan.
12:48 / 07.05.2024
Qirg‘iziston oktyabrda Xitoydan O‘zbekistonga temir yo‘l qurishni boshlamoqchi

Qirg‘iziston oktyabrda Xitoydan O‘zbekistonga temir yo‘l qurishni boshlamoqchi

Bu haqda Sadir Japarov ma’lum qilgan.
12:22 / 07.05.2024
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 20 million so‘mdan mukofot beriladi

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 20 million so‘mdan mukofot beriladi

Bu bo‘yicha Prezidentning tegishli farmoni e’lon qilindi.
10:14 / 07.05.2024
Isroilning Rafahga uyushtirgan havo hujumlarida 16 kishi halok bo‘ldi

Isroilning Rafahga uyushtirgan havo hujumlarida 16 kishi halok bo‘ldi

Qurbonlarning to‘rt nafari bolalar, jumladan, olti oylik chaqaloq ham bor.
17:04 / 06.05.2024
Prezident O‘zbekistonga yangi tayinlangan elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

Prezident O‘zbekistonga yangi tayinlangan elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

Davlat rahbari xorijiy diplomatik vakolatxonalar rahbarlarini tayinlov bilan samimiy qutladi.
15:13 / 07.05.2024
Tesla Hindiston kompaniyasini savdo belgisini buzganlik uchun sudga berdi

Tesla Hindiston kompaniyasini savdo belgisini buzganlik uchun sudga berdi

Sudya keyingi sud majlisiga qadar “Tesla” nomidan foydalangan har qanday reklama aksiyalarini chiqarishni taqiqladi.
16:48 / 07.05.2024
Nodirbek Abdusattorov Polshada 175 ming dollarlik turnirda ishtirok etadi

Nodirbek Abdusattorov Polshada 175 ming dollarlik turnirda ishtirok etadi

Turnir Polshaning Varshava shahrida 7-maydan 12-mayga qadar bo‘lib o‘tadi.
10:56 / 07.05.2024
O‘zbekistonning to‘qqizta viloyatida sel kelishi xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning to‘qqizta viloyatida sel kelishi xavfi e’lon qilindi

Shuningdek vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.
17:46 / 06.05.2024
Zelenskiy G‘arbni Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi

Zelenskiy G‘arbni Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi

Bu haqda u Telegram kanalida ma’lum qilgan.
17:41 / 07.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!