$
12097.93 UZS
50.48
151.77 UZS
-0.13
14194.50 UZS
95.37
31° Kechasi 18°

Suriyadagi terroristik tashkilotga aloqador boʻlgan namanganlik fuqaro 9 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

11:49 / 25.02.2023

Namangan shahrida yashovchi, 1999 y.t. fuqaro 2020-yilning sentyabr oyida mavsumiy ishlash maqsadida Turkiyaning Istanbul shahriga borgan.

Qayd etilishicha, u tikuvchilik sexida ishlashi davrida internet orqali “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti sobiq yetakchisi “Abu Saloh”ning maʼruzalarini muntazam tinglagan va unda ekstremistik qarashlar shakllangan.

Soʻngra “Tavhid va jihod katibasi” jangarilari safiga qoʻshilish maqsadida internet orqali mazkur tashkilotning 2 nafar aʼzosi bilan tanishib, ularning yoʻl-yoʻriqlari asosida 2021-yilning yanvar oyida Suriya davlatiga oʻtgan.

U yerda harbiy tayyorgarlikdan oʻtib, “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti joylashgan hududni qoʻriqlash bilan shugʻullangan.

Terrorizmga qarshi kurashish doirasida ushbu shaxs 2022-yilning iyun oyida Oʻzbekistonga olib kelingan hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Tergov boshqarmasi tomonidan unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Maʼlum qilinishicha, Jinoyat ishlari boʻyicha Toʻraqoʻrgʻon tuman sudining hukmiga asosan mazkur fuqaro Jinoyat Kodeksining 155-2 moddasining 1-qismi va 244-2 moddasining 1-qismi bilan aybdor deb topilib, unga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Bu ham qiziq

14-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

14-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

14-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechga tomon yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
15:58 / 13.12.2025
Zelenskiy Trampning tinchlik rejasini Ukrainaga moslab qayta ko‘rib chiqmoqda

Zelenskiy Trampning tinchlik rejasini Ukrainaga moslab qayta ko‘rib chiqmoqda

WSJ gazetasining yozishicha, Zelenskiy o‘z xalqi ishonchini yo‘qotmagan holda Oq uyning taklifiga konstruktiv yondashmoqchi …
08:34 / 15.12.2025
Urganchda MChJ 6 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘mardi

Urganchda MChJ 6 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘mardi

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 6 milliard 33 million so‘mlik…
11:57 / 15.12.2025
Zelenskiy Berlinda AQSh va Yevropa vakillari bilan uchrashadi

Zelenskiy Berlinda AQSh va Yevropa vakillari bilan uchrashadi

Associated Press agentligining xabar berishicha, AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff hamda kuyovi Ja…
16:29 / 14.12.2025
Hasanboy Do‘stmatov Jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi deb topildi

Hasanboy Do‘stmatov Jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi deb topildi

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) tomonidan tashkil etilgan nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi safida 13 nafar bo…
17:03 / 14.12.2025
“Elektron retsept” bosqichma-bosqich joriy qilinadi — SSV

“Elektron retsept” bosqichma-bosqich joriy qilinadi — SSV

Hujjatga muvofiq, tizim avvalo Toshkent shahri va 15 ta tajriba-sinov tuman hamda shaharlarda joriy etiladi.
10:59 / 15.12.2025
Tailandda komendantlik soati joriy qilindi

Tailandda komendantlik soati joriy qilindi

Tailand Kambodja bilan chegaradagi to‘qnashuvlar sabab Trat provinsiyasida komendantlik soati joriy etdi. Bu haqda Reuters x…
16:46 / 14.12.2025
Odam savdosidan jabrlangan o‘zbek, qozoq va qirg‘iz fuqarolari Myanmadan vatanga qaytarildi

Odam savdosidan jabrlangan o‘zbek, qozoq va qirg‘iz fuqarolari Myanmadan vatanga qaytarildi

“O‘zbekiston va Qozog‘istonning Tailanddagi diplomatik vakolatxonalari ko‘magida Myanmada og‘ir vaziyatga tushib qolgan O‘zb…
15:50 / 13.12.2025
O‘zbekistonda 318,3 mingta MChJ faoliyat yuritmoqda

O‘zbekistonda 318,3 mingta MChJ faoliyat yuritmoqda

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-dekabr holatiga O‘zbekistonda 405,5 mingta tijorat tashkilo…
16:40 / 14.12.2025
Saida Mirziyoyeva Rimdagi “Insoniy birodarlik”–2026 mukofoti hay’atining yakuniy yig‘ilishida ishtirok etdi

Saida Mirziyoyeva Rimdagi “Insoniy birodarlik”–2026 mukofoti hay’atining yakuniy yig‘ilishida ishtirok etdi

“Hurmatli hay’at a’zolari bilan birgalikda mukofot sovrindorlarini saralash jarayonida qatnashganimdan xursandman”, – deb yo…
16:28 / 13.12.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!