$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Surxondaryoda 115 kilodan ortiq giyohvand moddalarning noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi (video)

12:33 / 20.11.2021

Giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida DXXning Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Termiz shahrida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida katta miqdordagi narkotiklar musodara qilindi.

Xususan, 1982-yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaro 28 kg. 895 gr. “opiy” hamda 2 kg. “gashish” moddalarini, shuningdek, boshqa bir holatda esa muqaddam giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyat sodir etganliklari uchun sudlangan, 1962 va 1970-yillarda tug‘ilgan aka-uka 9 kg. 161 gr. “opiy” va 446 gr. “geroin” moddalarini kelgusida sotish maqsadida qabul qilib olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ta’kidlash lozimki, har ikki holatda ham giyohvand moddalar afg‘onistonlik narkokuryerlar tomonidan mamlakat hududiga olib o‘tilgan.

Sariosiyoda kuzatilgan holatda tojikistonlik narkokuryerlar tomonidan tumanning tog‘li hududiga o‘tkazilib, xufiya joyga berkitib ketilgan 28 kg. 506 gr. “opiy” moddasini qabul qilib olgan 1990-yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaro ushlandi.

DXX xodimlarining Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda Termiz shahrida o‘tkazgan tezkor tadbirida esa 1969, 1970 va 1990-yillarda tug‘ilgan 3 nafar fuqaro 481 gr. “opiy” moddasini 9 400 AQSh dollariga sotayotgan vaqtlarida qo‘lga olindi.

DXX, IIV hamda Davlat bojxona qo‘mitasining hududiy boshqarmalari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Termiz tumani “Manguzar” YPX maskanidan o‘tib, viloyat markazi tomon harakatlanayotgan “Spark” rusumli avtomashina to‘xtatildi.

Avtomashina ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Dushanbe shahrida istiqomat qiluvchi, 1987 yilda tug‘ilgan Tojikiston Respublikasi fuqarosi va Denov tumanida yashovchi, 1985-yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaroga tegishli yuk sumkalarida

Afg‘onistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 45 kg. 913 gr. “gashish” borligi aniqlanib, ashyo protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida jami 67 kg. 43 gr. “opiy”, 47 kg. 913 gr. “gashish” hamda 446 gr. “geroin” giyohvand moddalari musodara qilindi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Bu ham qiziq

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!