Butunjahon taekvondo federatsiyasi yakuniy Gran-pridan soʻng sportchilarning yangilangan reytingini eʼlon qildi.
2022-yil yakuniga koʻra, Oʻzbekiston terma jamoasining 6 nafar vakili oʻz vazn toifasida kuchli oʻnlikdan oʻrin olgan.
Bu yil +73 kg vazn toifasida jahon chempionligini qoʻlga kiritgan Svetlana Osipova 2-pogʻonaga koʻtarildi.
Shuningdek, Niyaz Pulatov, Ulugʻbek Rashitov va Feruza Sodiqova toʻrtinchi oʻrindan joy olgan. Faoliyatida qisqa tanaffus olgan Charos Qayumova hozircha 12-oʻrinda qatorda turibdi.
Jahon reytingida oʻzbekistonlik sportchilarning oʻrni quyidagicha:
Erkaklar, -63 kg:
1. Yushuai Ling (Xitoy) – 203.20 ochko ...
4. Niyaz Pulatov (Oʻzbekiston) – 147.32
-68 kg:
1. Bredli Sinden (Buyuk Britaniya) – 382.77 ...
4. Ulugʻbek Rashitov (Oʻzbekiston) – 241.86
-80 kg:
1. Seif Eyssa (Misr) – 297.34 ...
10. Shuhrat Salayev (Oʻzbekiston) – 168.70
-87 kg:
1. Ikaro Soares (Braziliya) – 204.38 ...
10. Nikita Rafalovich (Oʻzbekiston) – 112.00
Ayollar, -57 kg:
1. Zongshi Luo (Xitoy) – 474.86 ...
12. Charos Qayumova (Oʻzbekiston) – 115.36
-62 kg:
1. Sara Shari (Belgiya) – 250.54 ...
4. Feruza Sodiqova (Oʻzbekiston) – 167.81
+73 kg:
1. Byanka Kuk (Buyuk Britaniya) – 297.60
2. Svetlana Osipova (Oʻzbekiston) – 277.46
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!