$
11987.16 UZS
13.68
₽
146.29 UZS
-0.3
€
13393.25 UZS
-43.39
31° Kechasi 18°

Tahdid va nizo: Sudanda nimalar bo‘lyapti?

20:37 / 20.04.2023

So‘nggi kunlarda Sudanda sodir bo‘lgan voqealar dunyo e’tiborini o‘ziga qaratdi. To‘qnashuvlarda tinch aholi vakillarining halok bo‘layotgani vaziyatga yanada qaltis tus bermoqda. Xo‘sh, Sudanda aslida nimalar bo‘lyapti?

Namoyishning boshlanishi

15-aprel sanasida Sudanda boshlangan voqealar qonli to‘qnashuvlarni keltirib chiqardi. Mamlakat armiyasi va “Tezkor harakat kuchlari” tomonidan yuzaga kelayotgan qurolli to‘qnashuvlar natijasida ikki kun ichida 100 nafarga yaqin odam halok bo‘ldi. 1100 nafardan ortiq fuqaro esa jarohat olgani aytilmoqda.

To‘qnashuvlarning uchinchi kuni – 17-aprel sanasida sodir bo‘lgan otishmalar vaqtida BMT xodimlari bilan birga Yevropa ittifoqi vakili ham jarohat olgan. Bu haqda Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel ma’lum qildi. To‘qnashuvlarning uchinchi kunida 185 nafardan ortiq odam halok bo‘lgan va 1800 nafardan ortiq kishi jarohat olgan.

Nizolarning kelib chiqishi

Sudanda bundan oldin ham bir qator norozilik namoyishlari sodir bo‘lgan. Jumladan, 2019-yilda mamlakatda iqtisodiy inqiroz yuzaga keldi,  bu esa pulning qadrsizlanishi, oziq-ovqat yetishmasligi va ishsizlik kabi muammolarni keltirib chiqardi. Tabiiyki, chorasiz qolgan xalq “bosh ko‘tardi”. Mamlakat prezidenti Umar Bashir razvedka va politsiya xodimlari bilan tezkor yig‘ilish o‘tkazib, namoyishni kuch bilan bostirmoqchi bo‘ldi.

Bu esa nizolar vaqtida 40 nafarga yaqin odamning halok bo‘lishi va 900 nafardan ortiq fuqaroning jarohatlanishiga olib keldi. Bir qator fuqarolarning ishi sudga oshirildi. Kelishmovchiliklarga chek qo‘yish maqsadida hukumat vakillari din ulamolarini nishonga olishdi va ularga mamlakatdagi og‘ir vaziyat yuzasidan og‘iz ochmaslikni tayinlashdi. Bunga rozi bo‘lmagan din vakillari esa xalqni yana “bosh ko‘tarish”ga undashdi, Umar Bashir hokimiyati ag‘darildi. Keyinchalik unga qamoq jazosi ham tayinlandi. Hukumat tepasiga esa Abdulfattoh al-Burxon keldi.

Shundan so‘ng, 2021-yilda yana namoyishlar yuzaga keldi va davlat to‘ntarishlaridan so‘ng hukumatni generallardan tashkil topgan kengash o‘z qo‘liga oldi.  Ulardan biri – general Abdulfattoh al-Burxon mamlakat qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni va amalda mamlakat prezidenti hisoblanadi. Ikkinchisi – uning o‘rinbosari va “Tezkor harakat kuchlari” qo‘mondoni, general Muhammad Hamdon Dagalo edi.

Generallar mamlakat qanday yo‘nalishda siyosat olib borishi va fuqarolik boshqaruviga o‘tish masalasida kelisha olmay qolishdi. Natijada yana bir bor nizo kelib chiqdi. “Tezkor harakat kuchlari” guruhiga tegishli bo‘lgan 100 ming nafar askarni mamlakat armiyasi tarkibiga qo‘shish va undan keyin qo‘shinni kim boshqarishi masalasida ham tortishuv yuzaga keldi.

“Tezkor harakat kuchlari” qanday tuzilma?

Bunday guruhlar 2013-yilda Darfurdagi isyonchilarga qarshi shafqatsiz usullar bilan kurashgan “Janjavid” politsiya kuchlari asosida tuzilgan jamoadir. Isyon bostirilgandan keyin general Dagalo Liviyadagi qurolli mojarolarda chiniqqan, Sudandagi oltin konlarining bir qismini nazorat qiluvchi kuchli harbiy tuzilma tashkil etadi. Guruh a’zolari inson huquqlarini buzishda, jumladan 2019-yil iyunda 120 nafardan ortiq namoyishchini yoppasiga o‘ldirilishda ayblanadi. Bu guruhlar mamlakat armiyasiga bo‘ysunmaydi va shuning uchun ham hukumatdagi barqarorlikka katta tahdid hisoblanadi.

Dam olish kunlarida boshlangan harbiy harakatlar – 2019-yilda prezident Umar al-Bashir hokimiyatdan chetlatilgandan keyin boshlangan keskinlikning navbatdagi avj olishi bo‘ldi. Al-Bashir qariyb o‘ttiz yil mobaynida hokimiyat tepasida bo‘lgan. Aholi uning ketishini talab qila boshlagan ommaviy namoyishlardan keyin harbiylar davlat to‘ntarishini amalga oshirgan va hokimiyatni o‘z qo‘liga olgan.

Mamlakat fuqarolari esa shundan keyin ham demokratik boshqaruvga o‘tilishini talab qilishda davom etishgan. Natijada qo‘shma harbiy-fuqarolik hukumati tuzilgan, ammo 2021-yilgi davlat to‘ntarishi oqibatida bu hukumat ham ag‘darilgan.

Shundan buyon general Burxon va general Dagalo o‘rtasidagi ziddiyat borgan sayin kuchayib kelmoqda.

Agar aholini fuqarolik boshqaruviga qaytishga ishontirishda muhim rol o‘ynagan diplomatlar ikki generalni muzokaralar stoliga qaytarish uchun chora topa olmasalar va qurolli to‘qnashuvlar davom etsa, bu siyosiy inqiroz hamda davlatning parchalanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Ilyos Boltayev tayyorladi.



														
														Qirğiziston maktablarida qoğoz darsliklar örniga planşetlar beriladi

Qirğiziston maktablarida qoğoz darsliklar örniga planşetlar beriladi

Mamlakat prezidenti Sadir Japarov 5–6 yil içida öquvçilarni qoğoz kitoblar örniga planşetlar bilan ta’minlaş rejalaştirilayo…
09:53 / 07.11.2026

														
														Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilib, örniga aymoqlar taşkil etiladi.

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilib, örniga aymoqlar taşkil etiladi.

Qirğizistonda ma’muriy-hududiy tuzilmani özgartirişning ikkinçi bosqiçi boşlanmoqda. Rejaga köra, mamlakatdagi 7 ta viloyat …
08:28 / 28.10.2026

														
														Tarixda ilk bor yarador askar dron orqali evakuatsiya qilindi.

Tarixda ilk bor yarador askar dron orqali evakuatsiya qilindi.

U yarim yil davomida evakuatsiya qilinishini kutgan – og‘ir jarohatlari tufayli o‘z oyoqlarini kesib tashlashiga to‘g‘ri kel…
17:17 / 25.10.2026

														
														Makkada nomaqbul harakat sodir etganlikda ayblangan ikki bangladeshlik qatl etildi

Makkada nomaqbul harakat sodir etganlikda ayblangan ikki bangladeshlik qatl etildi

2026-yil 14-oktyabr kuni Saudiya Arabistonining Makka mintaqasida masjid ichida nomaqbul harakat sodir etganlikda ayblangan …
17:31 / 20.10.2026

														
														Uzoq muddatli elektr uzilishlariga qaramay, Ukraina Vengriya va Moldovaga elektr energiyasini sotmoqda

Uzoq muddatli elektr uzilishlariga qaramay, Ukraina Vengriya va Moldovaga elektr energiyasini sotmoqda

Ukrainaning “Ukrainian News” axborot agentligi seshanba kuni xabar berishicha, mamlakat ichidagi uzoq muddatli elektr uzilis…
17:20 / 20.10.2026

														
														Germaniyada 13 yoshga to‘lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash rejalashtirilmoqda.

Germaniyada 13 yoshga to‘lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash rejalashtirilmoqda.

Hukumat, shuningdek, platformalarga dastlabki bosqichdanoq bolalar xavfsizligini hisobga olish majburiyatini yuklamoqchi.
08:37 / 19.10.2026

														
														Oq Uy matbuot kotibi 5 kunlik ishdan keyin lavozimidan bo‘shatildi

Oq Uy matbuot kotibi 5 kunlik ishdan keyin lavozimidan bo‘shatildi

Avvalroq, AQSh rahbari Zaxariyani Oq Uy matbuot kotibi etib tayinlagan edi.
16:19 / 17.10.2026

														
														Turkiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

Turkiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga qo‘shimcha cheklovlar bilan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga ruxsat beriladi.
17:20 / 10.10.2026

														
														Tramp yana Nobeldan quruq qoldi. Mukofot afrikalik ayolga nasib etdi.

Tramp yana Nobeldan quruq qoldi. Mukofot afrikalik ayolga nasib etdi.

Yurist, Ruanda bo‘yicha Xalqaro jinoiy tribunalning sobiq raisi, 2008-2014 yillarda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy ko…
16:30 / 09.10.2026

														
														AQShda 13 harbiyni otib o‘ldirgan shaxs 3-dekabr kuni qatl qilinadi

AQShda 13 harbiyni otib o‘ldirgan shaxs 3-dekabr kuni qatl qilinadi

Pentagon ma’lum qilishicha, AQSh armiyasi 2009-yilda Fort-Xud harbiy bazasida 13 nafar harbiyni otib o‘ldirgan shaxsga nisba…
11:19 / 09.10.2026

Bu ham qiziq

Özbekistonlik kinoijodkorlar Istanbul Sinema Muzeyiga taşrif buyurişdi.

Özbekistonlik kinoijodkorlar Istanbul Sinema Muzeyiga taşrif buyurişdi.

Alohida ta’kidlaş joizki, Özbekistonda ham milliy kino merosini asrab-avaylaş va keng tarğib etiş, “Özbekfilm” hududida Kino…
16:06 / 07.11.2026
Viloyat narkologiya muassasasi faoliyatini takomillaştiriş böyiça yangi dastur işlab çiqiladi

Viloyat narkologiya muassasasi faoliyatini takomillaştiriş böyiça yangi dastur işlab çiqiladi

Viloyat narkologiya muassasasi faoliyati örganildi. Taşrifdan közlangan maqsad sohadagi mavjud holatni joyida baholaş va tiz…
09:22 / 05.11.2026
“Jamiyatdagi faol fuqaro” maqomini olganlarga avtokredit böyiça imtiyoz beriladi

“Jamiyatdagi faol fuqaro” maqomini olganlarga avtokredit böyiça imtiyoz beriladi

Özbekistonda “Jamiyatdagi faol fuqaro” maqomini olgan şaxslarga avtokredit boşlanğiç badalining bir qismini qoplab beriş, ko…
14:28 / 06.11.2026
Toşkentda yölni tösib, töy sababli öyin-kulgi qilgan 8 kişi 7 sutkaga qamaldi

Toşkentda yölni tösib, töy sababli öyin-kulgi qilgan 8 kişi 7 sutkaga qamaldi

Toşkent şahrining Olmazor tumanida avtomobil yölini tösib, transport vositalari harakatiga xalaqit bergan sakkiz nafar fuqar…
11:06 / 05.11.2026
Toşkent viloyatidagi sanoat korxonasi havoni ifloslantirib kelayotganligi aniqlandi

Toşkent viloyatidagi sanoat korxonasi havoni ifloslantirib kelayotganligi aniqlandi

Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi Ekopolitsiya xodimlari tomonidan Bekobod şahridagi “M.K.” korxonasi faoliyati ör…
12:11 / 07.11.2026
Özbekistonda 132 ta quriliş taşkiloti şartnomalarida xaridorlar huquqlarini çeklovçi bandlar aniqlandi

Özbekistonda 132 ta quriliş taşkiloti şartnomalarida xaridorlar huquqlarini çeklovçi bandlar aniqlandi

Özbekistonda 132 ta quriliş taşkilotining uy-joy sotib oliş böyiça şartnomalarida iste’molçilar huquqlarini çeklovçi şartlar…
14:21 / 06.11.2026
Havo ifloslanişiga qarşi kuraş: korxonalar yopildi, yangi nazorat uskunasi işga tuşirildi

Havo ifloslanişiga qarşi kuraş: korxonalar yopildi, yangi nazorat uskunasi işga tuşirildi

Özbekistonda atmosfera havosini muhofaza qiliş böyiça nazorat tadbirlari kuçaytirilmoqda. Sönggi kunlarda ekologik talablarg…
16:34 / 04.11.2026
Turkiyadagi qurolli hujumda sakkiz kişi halok böldi

Turkiyadagi qurolli hujumda sakkiz kişi halok böldi

Turkiyaning Afyonkarahisar provinsiyasida 5-noyabr kuni sodir etilgan qurolli hujumlar oqibatida sakkiz kişi halok böldi. Hu…
14:45 / 06.11.2026
Qirğiziston maktablarida qoğoz darsliklar örniga planşetlar beriladi

Qirğiziston maktablarida qoğoz darsliklar örniga planşetlar beriladi

Mamlakat prezidenti Sadir Japarov 5–6 yil içida öquvçilarni qoğoz kitoblar örniga planşetlar bilan ta’minlaş rejalaştirilayo…
09:53 / 07.11.2026
Toşkentda havo sifati yaxşilanişi kutilmoqda

Toşkentda havo sifati yaxşilanişi kutilmoqda

5-noyabrga ötar keçasi Toşkent şahrida atmosfera havosi sifati yaxşilanişi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Ekologiya axborot xi…
09:25 / 05.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!