$
12175.53 UZS
-4.28
155.08 UZS
-1.65
14151.62 UZS
12.08
31° Kechasi 18°

Ta’limdan “yashil” energetikagacha: 12 milliard dollarlik O‘zbekiston–Yaponiya loyihalar portfeli shakllantirildi

08:25 / 22.12.2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlar rivojida sifat jihatidan yangi bosqichni boshlab berdi. Ushbu mamlakat Imperatori, Bosh vaziri, Parlamentning ikkala palatasi rahbariyati, Hukumat a’zolari, shuningdek, ishbilarmon doiralar va akademik hamjamiyat vakillari bilan o‘tkazilgan muzokara va uchrashuvlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik an’anaviy format doirasidan chiqib, uzoq muddatli strategik o‘lchov kasb etganini yaqqol namoyon etdi.

Tashrifning asosiy xususiyati iqtisodiy sheriklikni amaliy mazmun bilan boyitishga yo‘naltirilganidadir. Ko‘p yillar davomida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlar asosan gumanitar hamkorlik va texnik ko‘mak loyihalariga tayangan edi. Bugun esa O‘zbekiston Prezidentining pragmatik va izchil siyosati natijasida ikki tomonlama kun tartibi qayta shakllantirilib, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning barcha yo‘nalishlarini qamrab oldi.

Bunga yorqin dalil sifatida qiymati 12 milliard dollardan ortiq bo‘lgan yangi kooperatsiya loyihalari portfelining shakllantirilganini keltirish mumkin. Ushbu kelishuvlar ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya va suv resurslari, transport va shaharsozlik, turizm, qishloq xo‘jaligi, shuningdek, tabiiy ofatlar xavfini boshqarish sohalarini qamrab oladi. “Yashil” energetika, energiyani saqlash tizimlari va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yetakchi yapon korporatsiyalari bilan uzoq muddatli hamkorlik dasturlarini qabul qilish taklif etildi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston Prezidentining “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqotining ilk sammitida ishtirok etgani ham muhim voqea bo‘ldi. Hududiy o‘zaro bog‘liqlikni chuqurlashtirish, “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish, investitsiyaviy va raqamli sheriklikni kengaytirish, inson kapitali salohiyatini oshirishga qaratilgan tashabbuslar O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda yangi hamkorlik arxitekturasini shakllantirishda faol ishtirok etishga intilayotganini aks ettiradi. Sammit yakunida Tokio deklaratsiyasining qabul qilinishi ushbu yondashuvni ko‘p tomonlama darajada mustahkamladi.

Yaponiyaga rasmiy tashrif natijalari O‘zbekistonning dunyodagi yetakchi texnologiya va investitsiya markazlaridan biri bilan to‘laqonli strategik sheriklikka bosqichma-bosqich o‘tayotganini ko‘rsatadi. Bu esa mamlakatimizning ilg‘or texnologiyalarni jalb etish, yirik infratuzilmaviy va sanoat loyihalarini amalga oshirish, mintaqaviy va global iqtisodiy jarayonlarda o‘z mavqeini mustahkamlashga qaratilgan strategik siyosatini tasdiqlaydi.

 

 


O‘zbekiston


														
														O‘zbekiston hududiga “kislotali bulutlar” kelishi haqidagi xabarlar rad etildi

O‘zbekiston hududiga “kislotali bulutlar” kelishi haqidagi xabarlar rad etildi

“O‘zgidromet” ijtimoiy tarmoqlarda Eron hududida go‘yoki “kislotali bulutlar” shakllanib, ular yog‘inlar bilan Markaziy Osiy…
14:06 / 09.03.2026

														
														O‘zbekistonga ikki oyda 10 mingga yaqin elektromobil olib kirildi

O‘zbekistonga ikki oyda 10 mingga yaqin elektromobil olib kirildi

Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ikki oy davomida mamlakatga jami 9 698 dona elektromobil olib kirilgan bo‘lib, ularn…
13:41 / 09.03.2026

														
														Yaqin Sharqdan 21 700 dan ziyod o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

Yaqin Sharqdan 21 700 dan ziyod o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

“9-mart soat 07:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonga jami 21 712 nafar fuqaromiz qaytarildi”, – deya xabar bermoqda Tashqi ishla…
13:18 / 09.03.2026

														
														Tarixda ilk bor ikki o‘zbek shaxmatchisi Top-10 reytingga kirdi

Tarixda ilk bor ikki o‘zbek shaxmatchisi Top-10 reytingga kirdi

Klassik shaxmat bo‘yicha live reytingida ikki o‘zbekistonlik grossmeyster dunyoning Top-10’taligiga kirdi.
09:51 / 09.03.2026

														
														Samarqandda kadastr xodimi, Surxondaryoda esa sobiq soliqchi pora bilan ushlandi

Samarqandda kadastr xodimi, Surxondaryoda esa sobiq soliqchi pora bilan ushlandi

Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar bermoqda.
09:19 / 09.03.2026

														
														Samarqandda Zulfiya mukofoti sovrindori Latofat Amirovaga uy topshirildi

Samarqandda Zulfiya mukofoti sovrindori Latofat Amirovaga uy topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, …
21:09 / 08.03.2026

														
														Qatardan bugun 202 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Qatardan bugun 202 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

“Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat va qator davlatlar havo hududining yopilishi munosabati bilan Qatardan O‘zbekiston fuqarolar…
16:53 / 08.03.2026

														
														Yaqin Sharqdan qaytarilgan o‘zbekistonliklar soni 19 347 nafarga yetdi

Yaqin Sharqdan qaytarilgan o‘zbekistonliklar soni 19 347 nafarga yetdi

O‘zbekistonga Yaqin Sharq davlatlaridan qaytarilgan fuqarolar soni 8-mart soat 07:00 da 19 347 nafarni tashkil etdi. Bu haqd…
14:30 / 08.03.2026

														
														9-mart kuni ayrim hududlarda qor yog‘ishi mumkin

9-mart kuni ayrim hududlarda qor yog‘ishi mumkin

“O‘zgidromet” 9-mart uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, dushanba kuni havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, qator hududl…
14:11 / 08.03.2026

														
														O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi

O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida eksport…
10:52 / 08.03.2026

Bu ham qiziq

Toshkentda tuman hokimligi mansabdorlari pora bilan ushlandi

Toshkentda tuman hokimligi mansabdorlari pora bilan ushlandi

Tergovga qadar tekshiruv davomida, hokim yordamchisi fuqaroning ishini Yashnobod tuman hokimiyati bo‘linma rahbari ko‘magida…
10:29 / 07.03.2026
Sovuq antisiklon sabab havo sifati yomonlashishi mumkin – “O‘zgidromet”

Sovuq antisiklon sabab havo sifati yomonlashishi mumkin – “O‘zgidromet”

Bugundan boshlab O‘zbekiston hududiga sovuq antisiklon kirib kela boshlaydi. Shu munosabat bilan atmosfera havosi sifati yom…
12:14 / 07.03.2026
AQSh Rossiyadan Eronga razvedka ma’lumotlarini bermaslikni so‘radi

AQSh Rossiyadan Eronga razvedka ma’lumotlarini bermaslikni so‘radi

Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff Rossiyadan Eronga AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy obyektlariga zarba berishi uch…
13:50 / 09.03.2026
O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi

O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida eksport…
10:52 / 08.03.2026
Yaqin Sharqdan qaytarilgan o‘zbekistonliklar soni 19 347 nafarga yetdi

Yaqin Sharqdan qaytarilgan o‘zbekistonliklar soni 19 347 nafarga yetdi

O‘zbekistonga Yaqin Sharq davlatlaridan qaytarilgan fuqarolar soni 8-mart soat 07:00 da 19 347 nafarni tashkil etdi. Bu haqd…
14:30 / 08.03.2026
9-mart kuni ayrim hududlarda qor yog‘ishi mumkin

9-mart kuni ayrim hududlarda qor yog‘ishi mumkin

“O‘zgidromet” 9-mart uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, dushanba kuni havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, qator hududl…
14:11 / 08.03.2026
Qashqadaryoda Damas portladi

Qashqadaryoda Damas portladi

Bugun, 7-mart kuni Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida Damas mashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketdi. Bu haqda…
13:20 / 07.03.2026
Tramp urushdan so‘ng Eron xaritasi o‘zgarishi mumkinligini aytdi

Tramp urushdan so‘ng Eron xaritasi o‘zgarishi mumkinligini aytdi

Trampdan urushdan keyin Eron xaritasi avvalgidek qoladimi, deb so‘rashganda, u: “Buni sizga ayta olmayman. Ehtimol, yo‘q”, –…
16:05 / 08.03.2026
O‘zbekistonga ikki oyda 10 mingga yaqin elektromobil olib kirildi

O‘zbekistonga ikki oyda 10 mingga yaqin elektromobil olib kirildi

Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ikki oy davomida mamlakatga jami 9 698 dona elektromobil olib kirilgan bo‘lib, ularn…
13:41 / 09.03.2026
Samarqandda kadastr xodimi, Surxondaryoda esa sobiq soliqchi pora bilan ushlandi

Samarqandda kadastr xodimi, Surxondaryoda esa sobiq soliqchi pora bilan ushlandi

Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar bermoqda.
09:19 / 09.03.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!