Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 1-noyabrga qadar uzaytirildi.
Bosh vazirning joriy yil 8-oktyabrdagi topshirigʻiga muvofiq, 2022/2023-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga bazaviy va super-kontrakt toʻlamoqchi boʻlgan abituriyentlar, magistraturaga kirganlar hamda oʻqishini koʻchirgan talabalar uchun kontraktni toʻlash hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2022-yilning 1-noyabri etib belgilandi.
Shu bilan birga, toʻlov-kontrakt shartnomalarini toʻgʻri-rasmiylashtirish, tushumlarni doimiy nazorat qilish oliy taʼlim muassasalari rektorlari, filiallar direktorlariga yuklatilishi belgilandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!