$
12097.93 UZS
50.48
151.77 UZS
-0.13
14194.50 UZS
95.37
31° Kechasi 18°

Toshkent shahar IIBB binosidan yana bir erkakning o‘ligi chiqdi! Bu odatiy holga aylanmoqdami?

10:01 / 14.08.2023

Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi tomonidan Toshkent shahri xududida o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarni sodir etgan uyushgan jinoiy guruhning jinoiy faoliyatini fosh etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 137-moddasi 2-qismi “v” bandi (“odam o‘g‘irlash”), 165-moddasi 3-qismi “a” bandi (“tovlamachilik”) va 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (“bezorilik”) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida, tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, joriy yilning 29-iyul kuni soat 22.00 larda Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasi “Birodarlar qabristoni” hiyoboni oldida 7-8 nafar shaxslardan iborat bo‘lgan jinoiy guruh 1986-yilda tug‘ilgan fuqaro M.R.ni urib-do‘pposlab, so‘ng avtoulovga majburlab o‘tkazib, noma'lum xonadonga olib borib, jabrlanuvchini erkiga zid ravishda ushlab turib, unga nisbatan kuch ishlatgan holda pul talab qilgan. Shuningdek, jabrlanuvchiga tazyiq o‘tkazgan holda, Turkiya davlatida bo‘lgan noma'lum shaxslardan go‘yoki 860 ming AQSh dollari miqdorda qarz olganligi haqida majburlab tilxat yozdirib olishgan.

Shuningdek tergov jarayonida aniqlanishicha, joriy yilning iyun oyida ushbu jinoiy guruh a'zolari tomonidan tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi fuqaro M.R.ni Turkiya davlatida bo‘lgan davrda 2 kun davomida erkiga zid ravishda noma'lum xonadonda majburlab ushlab turib, jabrlanuvchiga tazyiq o‘tkazish yo‘li bilan ota-onasi nomidagi Toshkent viloyati Qibray tumanidagi 300 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan 2 ta hovlini jinoiy guruh a'zolari nomiga rasmiylashtirishga erishgan. Jabrlanuvchi shaxs ushbu jinoiy guruhning tajovuzlari va tazyiqlaridan qo‘rqib, mazkur holat haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yoki tibbiyot muassasalarga murojaat qilmay kelgan, biroq joriy yilning 31-iyul kuni sog‘lig‘i yomonlashganligi sababli, shifoxonaga “bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, o‘ng yanoq suyagi sinishi, tanasida ko‘plab shilingan jarohatlari” tashxisi bilan yotqizilgan.

Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorligida o‘tkazilgan bir qator tezkor tadbirlar natijasida, mazkur uyushgan jinoiy guruh a'zolaridan 2 nafari, ya'ni 1990-yilda tug‘ilgan U.D. (muqaddam JKning 164-moddasi (“bosqinchilik”) va 166-moddasi (“talonchilik”) bilan sudlangan) hamda 1991-yilda tug‘ilgan F.X. (muqaddam JKning 168-moddasi (“firibgarlik”) va 176-moddasi (“qalbaki pul yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish”) bilan sudlangan)lar aniqlanib, qo‘lga olingan.

Joriy yilning 12-avgust kuni gumonlanuvchi U.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JPKning 224-moddasi asosida bayonnoma rasmiylashtirish jarayonida u o‘zini yomon his qilayotganligini aytib, to‘satdan yiqilib hushini yo‘qotgan. Holat bo‘yicha tez-tibbiy yordam chaqirtirilib, IIO xodimlari tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan, biroq tez-tibbiy yordam kelgunga qadar U.D. hushiga kelmay vafot etgan. Birlamchi tashxisga ko‘ra gumonlanuvchining o‘limi “Jigar sirrozi og‘ir stadiyasi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi” oqibatida yuzaga kelgan.

Mazkur holat yuzasidan hozirda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda, U.D.ning o‘lim sababini aniqlash bo‘yicha tegishli sudga oid tibbiy-ekspertiza tayinlangan. Jinoiy guruhning qolgan a'zolarini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilmoqda.


Bu ham qiziq

14-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

14-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

14-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechga tomon yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
15:58 / 13.12.2025
Zelenskiy Trampning tinchlik rejasini Ukrainaga moslab qayta ko‘rib chiqmoqda

Zelenskiy Trampning tinchlik rejasini Ukrainaga moslab qayta ko‘rib chiqmoqda

WSJ gazetasining yozishicha, Zelenskiy o‘z xalqi ishonchini yo‘qotmagan holda Oq uyning taklifiga konstruktiv yondashmoqchi …
08:34 / 15.12.2025
Urganchda MChJ 6 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘mardi

Urganchda MChJ 6 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘mardi

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 6 milliard 33 million so‘mlik…
11:57 / 15.12.2025
O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi 11 oyda 17,3 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi 11 oyda 17,3 mlrd dollarga yetdi

Markaziy bankning Ichki valyuta bozori sharhida ma’lum qilinishicha, ushbu ko‘rsatgich o‘tgan yilning yanvar—noyabr oylariga…
12:32 / 14.12.2025
Belarus hukumati 123 nafar siyosiy mahbusni ozod qildi

Belarus hukumati 123 nafar siyosiy mahbusni ozod qildi

The Insider nashr bu haqda Belarus prezidenti matbuot xizmati bayonotiga tayanib xabar bermoqda.
08:34 / 14.12.2025
Zelenskiy Berlinda AQSh va Yevropa vakillari bilan uchrashadi

Zelenskiy Berlinda AQSh va Yevropa vakillari bilan uchrashadi

Associated Press agentligining xabar berishicha, AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff hamda kuyovi Ja…
16:29 / 14.12.2025
Messining Hindistonga tashrifi ortidan ommaviy tartibsizliklar kelib chiqdi

Messining Hindistonga tashrifi ortidan ommaviy tartibsizliklar kelib chiqdi

Biroq Vivekananda Yuvabharati Salt Lake Stadium arenasida futbolchining tijoriy safari doirasida o‘tkazilgan tadbir paytida …
13:58 / 14.12.2025
“Elektron retsept” bosqichma-bosqich joriy qilinadi — SSV

“Elektron retsept” bosqichma-bosqich joriy qilinadi — SSV

Hujjatga muvofiq, tizim avvalo Toshkent shahri va 15 ta tajriba-sinov tuman hamda shaharlarda joriy etiladi.
10:59 / 15.12.2025
Toshkentda Yangi yil tadbirlari sabab ayrim hududlarda transport harakati cheklanadi

Toshkentda Yangi yil tadbirlari sabab ayrim hududlarda transport harakati cheklanadi

Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
18:02 / 13.12.2025
O‘shda Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘cha ochildi

O‘shda Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘cha ochildi

“O‘sh shahrida buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘ch…
14:22 / 15.12.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!