$
11820.40 UZS
-36.95
139.05 UZS
-0.27
13684.48 UZS
-61.75
31° Kechasi 18°

Endi “mahalla bankirlari” bo‘ladi

15:06 / 03.01.2025

Shavkat Mirziyoyevga banklar ishtirokida mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadli qilish chora-tadbirlari bo‘yicha axborot berildi.

Bu haqda 16-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida topshiriq berilgan edi. Shundan kelib chiqib, 2025-yilda jami 5 million 200 ming nafar, jumladan, banklar tomonidan 3 milliondan ziyod aholini band qilish rejalashtirilgan.

Shu maqsadda 208 ta tuman va shaharlar hokimlari hamda banklar rahbarlari tomonidan aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish bo‘yicha hamkorlik shartnomalari imzolangan. Bunda tomonlarning aniq huquq va majburiyatlari ko‘rsatib o‘tilgan.

“Har bir mahalla bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar belgilandi. Aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan “mahalla loyihasi” dasturi doirasida ajratiladigan 1 milliard dollar kredit resurslari banklar va hududlar kesimida taqsimlandi. Loyiha ishlab chiqish, kredit ajratish, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha tuman banki rahbariga oyma-oy samaradorlik ko‘rsatkichi qo‘yildi”, – deyildi Shavkat Mirziyoyevga berilgan hisobotda.

Ta’kidlanishicha, endi Markaziy bank raisi va uning o‘rinbosarlari hududlarga chiqib, joylardagi bank filiallarining mahallalardagi ishini yangicha yondashuv asosida tashkil qiladi.

Shuningdek, 2025-yil 1-fevralga qadar tuman banklari filiallarida mahallabay ishlash bo‘limlari tashkil etilib, ularga “mahalla bankirlari” tayinlanadi. Bundan tashqari, har bir mahallada ular bilan birga ishlaydigan “yordamchi-agentlar” tanlab olinadi.

Qayd etilishicha, “online-mahalla.uz”, “bank-kredit.uz” va “soliq.uz” axborot tizimlari integratsiya qilinib, mas’ullarga yuklatilgan vazifalar ijrosi kunlik tahlil qilib boriladi. Bundan buyon faoliyati qoniqarsiz bo‘lgan rahbarlarga chora ko‘riladi.

2025-yil bandlikni ta’minlash va kambag‘allikni kamaytirishda hal qiluvchi yil bo‘lishi, buning uchun mahalliy hokimliklar va iqtisodiy-moliyaviy tuzilmalarning muvofiqlashgan ishini faollashtirish zarurligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston

														Yangi albomlar chiqqan kunlarda o‘limli YTHlar ko‘paygan

Yangi albomlar chiqqan kunlarda o‘limli YTHlar ko‘paygan

AQShda mashhur ijodkorlarning yangi albomlari taqdim etilgan kunlarda o‘lim bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisalari soni…
11:40 / 19.08.2026

														Xitoyda qishloq uyining bir qismi qulab tushdi: 5 kishi halok bo‘ldi

Xitoyda qishloq uyining bir qismi qulab tushdi: 5 kishi halok bo‘ldi

Xitoyning Sichuan provinsiyasida oilaviy tadbir vaqtida uyning bir qismi qulab tushishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, 17 k…
09:54 / 19.08.2026

														Tarkibida psixofaol va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan mahsulotlar fosh etildi

Tarkibida psixofaol va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan mahsulotlar fosh etildi

Toshkent xalqaro aeroportida kannabis moyi va psixofaol qo‘ziqorinlar aniqlandi
09:40 / 19.08.2026

														19-avgust kungi ob-havo ma’lumoti

19-avgust kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat ke…
17:19 / 18.08.2026

														Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotdagi nutqidan asosiy fikrlar

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotdagi nutqidan asosiy fikrlar

➖ Besh yilda biznesga to‘siq bo‘lgan minglab masalalarga yechim berdi, bu borada 84 ta Qonun, 861 ta farmon va qaror qabul q…
14:51 / 18.08.2026

														“Qorasuv-Bo‘ka-Bekobod” yo‘lida mudhish YTH

“Qorasuv-Bo‘ka-Bekobod” yo‘lida mudhish YTH

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qorasuv-Bo‘ka-Bekobod” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi aks etgan video keng ta…
14:22 / 18.08.2026

														“10 ming korxona uchun – sun’iy intellekt hamkor” dasturi boshlanadi

“10 ming korxona uchun – sun’iy intellekt hamkor” dasturi boshlanadi

Korxonalarga sun’iy intellekt joriy qilish xarajatining 50 foizi kompensatsiya qilinadi.
12:48 / 18.08.2026

														Bugun tadbirkorlarimiz “biznesni boshlash” bosqichidan “kapitalni ko‘paytirish” bosqichiga o‘tyapti, – dedi davlatimiz rahbari.

Bugun tadbirkorlarimiz “biznesni boshlash” bosqichidan “kapitalni ko‘paytirish” bosqichiga o‘tyapti, – dedi davlatimiz rahbari.

Besh yilda korxonalarning asosiy kapitalga sarmoyasi 3 karra ko‘payib, 363 trillion so‘mga yetdi. Sanoati 100 million dollar…
11:31 / 18.08.2026

														YPX xodimidan qochgan Onix YTHga uchradi

YPX xodimidan qochgan Onix YTHga uchradi

2026-yil 17-avgust kuni soat 01:10 larda Andijon shahri Mashrab ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari tomonidan On…
09:36 / 18.08.2026

														Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tk…
09:14 / 18.08.2026

Bu ham qiziq

Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berildi.
09:46 / 17.08.2026
Tramp Janubiy Koreya bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni qisqartirishni buyurdi

Tramp Janubiy Koreya bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni qisqartirishni buyurdi

AQShprezidenti Donald Tramp Pentagon rahbari Pit Hegsetga Janubiy Koreya bilan o‘tkazilayotgan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarn…
10:21 / 17.08.2026
Yarim yilda O‘zbekistonga 9,3 mlrd dollar pul o‘tkazildi

Yarim yilda O‘zbekistonga 9,3 mlrd dollar pul o‘tkazildi

2026-yilning yanvar—iyun oylarida xalqaro pul o‘tkazmalari orqali O‘zbekistonga 9,3 mlrd dollar mablag‘ kelib tushdi. Bu haq…
13:27 / 16.08.2026
Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisini chaqirtirdi

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisini chaqirtirdi

“Rossiya Federatsiyasining Ozarbayjon Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Mixail Evdokimov Tashqi ishlar vazirligi…
17:31 / 18.08.2026
18-avgust kuni O‘zbekistonda havo qanday bo‘ladi?

18-avgust kuni O‘zbekistonda havo qanday bo‘ladi?

18-AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI17-avgust soat 20:00 dan 18-avgust soat 20:00 gacha
17:34 / 17.08.2026
Dunyoda ilk bor to‘liq uzilgan ikki oyoq qayta ulandi

Dunyoda ilk bor to‘liq uzilgan ikki oyoq qayta ulandi

Xitoyda zavoddagi baxtsiz hodisa oqibatida son qismidan to‘liq uzilib ketgan ikkala oyog‘i muvaffaqiyatli qayta ulangan 51 y…
09:48 / 19.08.2026
Krishtianu Ronalduning Toshkentga kelish sanasi ma’lum bo‘ldi

Krishtianu Ronalduning Toshkentga kelish sanasi ma’lum bo‘ldi

“Paxtakor”ning Osiyo Chempionlar ligasi Elita turniri asosiy bosqichidagi taqvimi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, Toshkent klubi …
11:47 / 19.08.2026
Ronaldu joriy yil oxirida faoliyatini yakunlashi mumkin

Ronaldu joriy yil oxirida faoliyatini yakunlashi mumkin

Portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu 2026-yil yakunida professional faoliyatini tugatishi mumkin. Bu haqda futbo…
11:45 / 17.08.2026
Omskdagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarolari jabrlangan

Omskdagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarolari jabrlangan

Rossiyaning Omsk shahrida qurilayotgan ko‘p qavatli binoda yuz bergan yong‘inda O‘zbekiston fuqarolari ham jabrlangan.
13:23 / 16.08.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!