$
12676.11 UZS
-18.86
161.56 UZS
-0.04
14975.56 UZS
97.06
37° Kechasi 24°

Toshkentda 12 yoshli bola futbol o'yini paytida vafot etdi

13:22 / 07.10.2023

Ijtimoiy tarmoq sahifalarida tarqalgan Yunusobod tumanidagi 259-maktabning 6-sinf o'quvchisi jismoniy tarbiya darsi chog'ida vafot etganligi haqidagi xabar yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Yunusobod tumanidagi 259-sonli umumta'lim maktabida 2023-yil 6-oktabr kuni taxminan soat 11:10 larda dars jadvali asosida 6-“D“ sinfida 4-soat jismoniy tarbiya darsida jismoniy tarbiya o'qituvchisi M.K. yillik ish rejasiga asosan “Futbol amaliyoti. To'p bilan harakatlanish” mavzusida dars o'tayotgan vaqtida shu sinf o'quvchisi, 2011-yil 23-martda tug'ilgan M.S.ning ko'krak qafasiga koptok tegishi natijasida hushini yo'qotgan.

Zudlik bilan o'quvchi tumandagi 7-sonli klinik shifoxonasiga olib borilgan. Shifokorlar tomonidan tez tibbiy yordam ko'rsatilishiga qaramay o'quvchi M.S. vafot etgan.

Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko'ra, M.S.ga yurakning reflektor to'xtashi. O'tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligi. Bosh miya va o'pka shishi. Yurak gipertrofiyasi. Yurak tug'ma nuqsoni tashxisi qo'yilgan.

“Ko'ngilsizlikdan chuqur qayg'udamiz. Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kutilmagan noxush holat oqibatida hayotdan bevaqt ko'z yumgan o'quvchi M.S.ning ota-onasi va barcha yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi”, deyiladi xabarda.


Bu ham qiziq

Donald Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qildi

Donald Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp, may oyi o‘rtalarida Suriyaning yangi yetakchisi Ahmad ash-Sharaa bilan uchrashuvi oldidan berg…
11:06 / 01.07.2025
G‘azoda Isroil tarqatayotgan un qoplarida giyohvand moddalar topildi

G‘azoda Isroil tarqatayotgan un qoplarida giyohvand moddalar topildi

Bu haqda Quds news network xabar berdi.
15:56 / 28.06.2025
O‘zbekistonda harorat 46 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonda harorat 46 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” 2–5-iyul kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
15:10 / 01.07.2025
Klublar o‘rtasidagi JCh. “Manchester Siti” va “Inter” musobaqani tark etdi

Klublar o‘rtasidagi JCh. “Manchester Siti” va “Inter” musobaqani tark etdi

Endi chorak finalda “Fluminense” - “Al-Hilol” qarama-qarshiligiga guvoh bo‘lamiz.
09:39 / 01.07.2025
Ukraina dronlari Ijevskdagi korxonaga hujum qildi

Ukraina dronlari Ijevskdagi korxonaga hujum qildi

Ma’lumot uchun, Ijevsk Rossiya Federatsiyasidagi Udmurtiya Respublikasining poytaxti hisoblanadi. Shahar mashinasozlik va qu…
14:42 / 01.07.2025
Ozarbayjon Rossiyada fuqarolarining vafot etishi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi

Ozarbayjon Rossiyada fuqarolarining vafot etishi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi

Bu haqda Ozarbayjon Bosh prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib, Qafqazinfo xabar berdi.
16:51 / 01.07.2025
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

“O‘zbekistonda jinoyat sodir etgani uchun xalqaro qidiruvga berilgan A.A. Polshadan mamlakatimizga ekstraditsiya qilindi”, –…
17:00 / 28.06.2025
30-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

30-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

30-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol e…
16:57 / 29.06.2025
Nogironlik pensiyalari ham fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi

Nogironlik pensiyalari ham fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi

Ushbu ma’lumot fuqarolarga SMS-xabar ko‘rinishida yuboriladi.
13:07 / 01.07.2025
Putin Rossiya harbiy xarajatlarini kamaytirish niyatida

Putin Rossiya harbiy xarajatlarini kamaytirish niyatida

Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.
15:03 / 29.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!