$
12910.15 UZS
-14.77
159.78 UZS
-0.16
14660.77 UZS
40.1
27° Kechasi 17°

Toshkentda avtobuslarning oraliq vaqti 2 barobar qisqaradi

09:23 / 18.12.2022

Toshkentda avtobuslarning harakatlanish oraliq vaqti 25-30 daqiqadan 10-12 daqiqaga qisqarmoqda. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu jarayon Prezident topshirig‘iga asosan, so‘nggi uch kunda Toshkent shahridagi jamoat transporti tizimidagi muammolarni bartarf etish maqsadida amalga oshirilmoqda.

16-17-dekabr kunlari poytaxtga 204 ta avtobuslar olib kelingan va yo‘nalishga chiqarildi. Natijada, yo‘nalishdagi avtobuslarning harakatlanish oraliq vaqti 25-30 daqiqadan 10-12 daqiqaga qisqaradi;

Shahardagi 148 ta yo‘nalishning 34tasi muammoli ekani aniqlandi. Barcha yo‘nalishlarga 200 dan ortiq qo‘shimcha avtobus jalb etilgach, 17 ta yo‘nalishdagi muammo bartaraf etildi, biroq aholi ehtiyojlarini to‘liq qondirish uchun yana 21 ta yangi avtobus yo‘nalishi shakllantirilishi zarur;

Poytaxtning 8 ta avtobus parklarining 1374 ta transport vositalari to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazildi, ulardan texnik nosoz holatdagi 259 ta avtobusning 89 tasi taʼmirlangan;

Haydovchilar tanqisligini bartaraf etish maqsadida 2 425 nafar “D, E” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxati shakllantirildi, hozirga qadar ularning 140 nafardan oshiq ishga qabul qilingan.

Avtobus saroylaridagi mavjud issiqlik, suv va shu kabi boshqa muammolar bartaraf etilgan.

“Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda”, – deyiladi xabarda.


Bu ham qiziq

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi yo‘lladi

Bu haqda, Prezident matbuot xizmati e’lon qildi.
19:51 / 08.05.2025
O‘zbekistonning 8 ta hududida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin

O‘zbekistonning 8 ta hududida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin

Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning  8-11 may kunlari kutilayotgan yomg‘…
18:52 / 07.05.2025
YeChL. “PSJ” ikkala bahsda ham “Arsenal” ustidan g‘alaba qozonib finalga yo‘l oldi

YeChL. “PSJ” ikkala bahsda ham “Arsenal” ustidan g‘alaba qozonib finalga yo‘l oldi

7-maydan 8-may sanasiga o‘tar kechasi Yevropa Chempionlar Ligasining ikkinchi yarim final bahsi bo‘lib o‘tdi. Parij shahrida…
10:05 / 08.05.2025
9-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

9-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi.
21:16 / 08.05.2025
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari…
18:59 / 08.05.2025
8-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

8-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 21–23 daraja, kunduzi 33–35 daraja bo‘ladi.
22:46 / 07.05.2025
Samarqandda “zapravka”dagi yong‘in sabab ikki kishi halok bo‘ldi

Samarqandda “zapravka”dagi yong‘in sabab ikki kishi halok bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, chaqnash oqibatida 2 fuqaro halok bo‘lgan.
09:34 / 09.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi

Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi

Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston rahbari Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan tantanali ta…
18:22 / 07.05.2025
Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni  g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni  g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi

Putin, shuningdek, Ozarbayjon, Armaniston rahbarlari, Gruziya va Moldova xalqlarini g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi.
21:08 / 08.05.2025
Markaziy bank soxta ma’lumot tarqatuvchilardan ogohlantirdi

Markaziy bank soxta ma’lumot tarqatuvchilardan ogohlantirdi

Markaziy bank jismoniy shaxslarga kreditlar ajratmaydi hamda moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanmaydi.
12:19 / 08.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!