$
12447.35 UZS
86.49
146.08 UZS
0.42
14545.97 UZS
66.46
31° Kechasi 18°

Toshkentda bir guruh shaxslar o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi

12:05 / 17.11.2023

Ijtimoiy tarmoqlardagi “Qo‘yliq dahasida bir guruh shaxslar o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi, alkogol ta’sirida bo‘lgan bir guruh shaxslar bir ayol va bir bolani kaltaklagani aytilmoqda”, degan mazmunda xabarlar tarqaldi.

Ushbu holat yuzasidan Mirobod tumani hokimligi rasmiy munosabat bildirdi:

Mirobod tumani IIO FMB 4-sonli IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, mazkur hodisa 12-noyabr kuni sodir bo‘lgan.

20 yashar fuqaro X.V. o‘z tanishlari 23 yoshli M.B. va 18 yoshli M.A.lar bilan Spark rusumli avtomobilda Munis ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib, Qo‘yliq-5 dahasiga ketayotgan vaqtlarida, 34 yoshli A.B. boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 rusumli avtomobil bilan bir-biriga yo‘l bermay, o‘rtada kelishmovchilik yuzaga kelgan.

Spark'dagi yo‘lovchilar - M.B va M.A. hamda Nexia-3 haydovchisi A.B. va uning sherigi 21 yoshli Yu.M o‘zaro gap talashib, janjallashishgan.

Janjal Spark haydovchisi – X.V. tomonidan videoga olinib, ijtimoiy tarmoqlarga joylangan.

Hodisa oqibatida Spark yo‘lovchilaridan biri – M.B. Toshkent Davlat stomatologiya klinikasiga murojaat etgan. Shifokorlar tomonidan fuqaroga yuqori lab sohasi ezilishi va yirtilishi, shuningdek, chap yonoq sohasi shilinishi tashxisi qo‘yilgan.

Janjalda ishtirok etgan qolgan fuqarolar tan jarohati olmagan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Bu ham qiziq

TIV: “O‘zbekiston Afg‘onistonga harbiy vertolyotlarni qaytarmaydi”

TIV: “O‘zbekiston Afg‘onistonga harbiy vertolyotlarni qaytarmaydi”

Avvalroq “Tolibon” O‘zbekiston hukumati bunga rozi bo‘lganligi haqida xabar bergandi
22:51 / 11.09.2025
13-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 18-20 daraja iliq, kunduzi 31-33 daraja issiq bo‘ladi
22:58 / 12.09.2025
Qashqadaryoda qariyb 211 million so‘mlik sifatsiz dori vositalarining savdosining oldi olindi

Qashqadaryoda qariyb 211 million so‘mlik sifatsiz dori vositalarining savdosining oldi olindi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda
20:19 / 11.09.2025
Shavkat Mirziyoyev Isroilning Dohaga bergan raketa zarbalarini keskin qoraladi

Shavkat Mirziyoyev Isroilning Dohaga bergan raketa zarbalarini keskin qoraladi

O‘zbekiston va Qatar yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar
22:36 / 12.09.2025
Amalda mavjud bo‘lgan stipendiyalarning soni 13 taga yetdi

Amalda mavjud bo‘lgan stipendiyalarning soni 13 taga yetdi

Bu ro‘yxatdagi eng yangisi Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik yo‘nalishda beriluvchi mukofot sanaladi
18:36 / 12.09.2025
130 yoshli ayol O‘zbekistonning eng keksa insoni sifatida rasman tan olindi

130 yoshli ayol O‘zbekistonning eng keksa insoni sifatida rasman tan olindi

Farg‘onalik ayol O‘zbekistonning eng keksa fuqarosi deb tan olindi: u 1895-yilda tug‘ilgan.
15:20 / 12.09.2025
Xorijliklarning tijoriy maqsadlarda O‘zbekistonga tashrifi ortib bormoqda

Xorijliklarning tijoriy maqsadlarda O‘zbekistonga tashrifi ortib bormoqda

Bu boradagi batafsil statistika bilan tanishamiz
18:57 / 11.09.2025
Toshkent viloyatini rivojlantirish uchun 40 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi

Toshkent viloyatini rivojlantirish uchun 40 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida rivojlanish uchun ulkan imkoniyatlar borligini ta’kidladi
19:48 / 11.09.2025
Raqobat qo‘mitasi: “Davlat xaridlarida 8,1 milliard so‘mlik qonunbuzarlik holatlari aniqlandi”

Raqobat qo‘mitasi: “Davlat xaridlarida 8,1 milliard so‘mlik qonunbuzarlik holatlari aniqlandi”

Qo‘mita barcha holatlar yuzasidan batafsil axborot berib o‘tdi
19:33 / 12.09.2025
Zoir Mirzayev: “Charm bilan ishlaydigan 50 dan ortiq korxona Toshkent shahri ekologiyasiga katta zarar yetkazmoqda”

Zoir Mirzayev: “Charm bilan ishlaydigan 50 dan ortiq korxona Toshkent shahri ekologiyasiga katta zarar yetkazmoqda”

Toshkent viloyati hokimi ana shu korxonalarni chekkaroq hududlarga ko‘chirish xususida to‘xtalib o‘tdi
20:28 / 12.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!