Joriy yil 2-mart kuni Toshkent shahar IIBBga MCHJ rahbari ariza bilan murojaat qilib, Davlat statistika qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasining masʼul xodimi ustidan shikoyat arizasi kiritgan.
Unga ko‘ra, arizachi fuqaro rahbarlik qilayotgan firma haqida Statistika qo‘mitasining elektron hisoblariga rekvizitlar xatolik bilan kiritilganligi sababli Davlat statistika qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasiga murojaat qilganida, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlaridan biri firmaning STIR raqamlarini to‘g‘rilab, elektron o‘zgartirish kiritish uchun 200 AQSh dollari berishini talab qilayotgani maʼlum bo‘lgan.
Mazkur arizaga asosan, shu kuni Toshkent shahar IIBB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Davlat statistika qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlaridan biri ariza muallifidan 200 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi TB tomonidan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!