Joriy yilning 26-mart kuni taxminan soat 23:00 da 2005-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan B.F. do‘stlari bilan Sergeli tumanida futbol o‘ynayotgan vaqtda, 2002-yilda tug‘ilgan J.R. va 2003-yilda tug‘ilgan F.M. ularga shovqin solmasligini aytib, e’tiroz bildirgan. Natijada tomonlar o‘rtasida og‘zaki janjal boshlangan va shu atrofdan o‘tib ketayotgan fuqarolar ularni ajratgan.
Oradan bir oz vaqt o‘tib, taxminan soat 23:30 da B.F. va uning akasi 2001-yilda tug‘ilgan B.R. Mirobod tumani Qo‘yliq-4 mavzesida J.R., F.M., 2002-yilda tug‘ilgan U.M., 2004-yilda tug‘ilgan A.N. bilan janjallashgan. Natijada, B.F. “Chap kaft sohasi kesilgan jarohati, bosh sohasi shilinmasi” tashxisi bilan, B.R. “BMYOJ, burun suyagi sinishi, yuz sohasi yirtilgan jarohati” tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO Faoliyatni muvofiqlashtirish boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchilar protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!