$
12160.99 UZS
-72.68
153.92 UZS
-0.92
14178.50 UZS
-55.38
31° Kechasi 18°

Toshkentda o‘qituvchini kaltaklagan oila vakillariga jinoiy ish ochildi

09:42 / 11.06.2023

Kecha, 10-iyun kuni Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 62-sonli maktabning informatika fani o‘qituvchisi maktab o‘quvchisi va uning oila a’zolari tomonidan kaltaklangani haqida xabar berilgan edi.

Holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Komil Allamjonov munosabat bildirdi.

“Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 62-sonli maktabning informatika fani o‘qituvchisini kaltaklashda ishtirok etgan kimki bo‘lsa, ularning barchasi qonunda belgilangan tartibda qattiq jazolanadi. Bu bo‘yicha huquq-tartibot organlariga kerakli ko‘rsatmalar berildi. Vallomati bo‘lsa ham, o‘qituvchini xafa qilishga hech kimning haqqi yo‘q”, – deb yozdi Komil Allamjonov.

Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova mazkur holatni shaxsan o‘zi nazoratga olganini ta’kidladi.

Holat bo‘yicha shahar IIBB qo‘shimcha ma’lumot e’lon qildi.

O‘zaro kelishmovchilik sababli kelib chiqqan mojaro natijasida o‘qituvchi tan jarohati olganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi («Bezorilik») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Jinoyat ishi Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan nazoratga olingan. Tergov yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi va aybdor shaxsga nisbatan qat’iy chora ko‘rilishi ta’minlanadi”, – deyiladi xabarda.


Bu ham qiziq

Toshkentda 1 milliard dollarlik yangi xalqaro aeroport quriladi

Toshkentda 1 milliard dollarlik yangi xalqaro aeroport quriladi

Loyiha qiymati 1 milliard dollar bo‘lib, u davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladi.
20:24 / 15.10.2025
Putin Rossiyada migrant oilalar sonini cheklovchi siyosatni tasdiqladi

Putin Rossiyada migrant oilalar sonini cheklovchi siyosatni tasdiqladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan davlat migratsiya siyosatining yangilangan konsepsiyasini…
11:27 / 16.10.2025
Mirziyoyev 24-oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Bryusselga borishi kutilmoqda

Mirziyoyev 24-oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Bryusselga borishi kutilmoqda

O‘zbekiston Prezidenti Bryusselga Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik bo‘yicha tarixiy bitim uchun tashrif buyurishi aytilmoqda.
15:08 / 17.10.2025
Prezident: “Bolalar va majburiy mehnatga barham berish — bizning qat’iy irodamiz natijasi”

Prezident: “Bolalar va majburiy mehnatga barham berish — bizning qat’iy irodamiz natijasi”

O‘zbekistonning bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha ilg‘or tajribasi Xalqaro mehnat tashkiloti tomon…
12:04 / 17.10.2025
Mehnatga haq to‘lashda yangi yondashuv joriy etiladi

Mehnatga haq to‘lashda yangi yondashuv joriy etiladi

Bu chora xodimlar manfaatlarini samaraliroq himoya qilishga xizmat qiladi.
14:50 / 17.10.2025
Ukrainadagi urushda qatnashgan o‘zbekistonlik qamaldi

Ukrainadagi urushda qatnashgan o‘zbekistonlik qamaldi

Sudda u bir nechta harbiy medallar bilan taqdirlangani va qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan.
16:59 / 16.10.2025
Chimkentlik erkak 26 ta ruchka yutib yubordi

Chimkentlik erkak 26 ta ruchka yutib yubordi

Jarayon qariyb ikki soat davom etgan, bemor esa hozirda shifokorlar nazoratida.
19:57 / 15.10.2025
Tramp va Putin Budapeshtda uchrashadi

Tramp va Putin Budapeshtda uchrashadi

Tramp suhbatni “juda samarali” deb atagan.
09:49 / 17.10.2025
“Moddiy manfaat hayotda hal qiluvchi kuch bo‘lib qoldi” – Ozodbek Nazarbekov

“Moddiy manfaat hayotda hal qiluvchi kuch bo‘lib qoldi” – Ozodbek Nazarbekov

Bu holat esa jamiyatda ilgari muqaddas sanalgan qarindoshlik, ota-bola yoki aka-uka o‘rtasidagi munosabatlarga ham ta’sir ko…
09:26 / 16.10.2025
Samarqandda MDHga a’zo davlatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari Kengashining 57-majlisi bo‘lib o‘tmoqda

Samarqandda MDHga a’zo davlatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari Kengashining 57-majlisi bo‘lib o‘tmoqda

Bu yilgi tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan tashkil etildi.
12:07 / 16.10.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!