Toshkentda fuqarolarning plastik kartasidan 1 mlrd 300 mln so‘m o‘g‘irlagan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Hudud Inform ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahar IIB ga fuqaro murojaat qilib, hisobidagi 460 mln so‘m pul noma’lum shaxslar tomonidan yechib olinganligini aytgan.
Shundan so‘ng boshqarmaning Axborot texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan tezkor tadbir olib borilgan va ikki nafar shaxs dalillar bilan qo‘lga olingan.
Shuningdek, ushbu fuqarolar boshqa odamlarning ham shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, 832 million pullarni yechib olishgani aniqlangan.
Shundan jami 1 mlrd 300 million so‘mga yaqin pullar ularning bank kartalari orqali o‘g‘irlangan.
“Pulni bo‘lishib oldik, qarzlarim hammasini yopdim.O‘zim uyga ishlatdim.U-bu narsalarni oldim. Endi qilgan ishimdan pushaymon bo‘lib o‘tiribman”- deydi ulardan biri.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksi 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.
Mazkur moddaga ko‘ra sud hukmi bilan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!