Kecha tunda Toshkentda “U1” hamda “Octagonleague” hamkorligida katta MMA kechasi tashkil etildi.
Qayd etish mumkin, ZOʻR TV da boʻlib oʻtgan janglar doirasida bir qator oʻzbekistonlik MMA vakillari oktagonga koʻtarilishdi.
Jumladan, markaziy jangda Nursulton Roʻziboyev braziliyalik Luchiano Kontiniga qarshi jang qildi. Taʼkidlash mumkinki, uzoq kutilgan jang erta yakunlandi.
Vakilimiz raqibini jangning 54-soniyasida magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻldi. Ikkinchi asosiy toʻqnashuvda esa Avliyoxon Hamidov ozarbayjonlik Ruslan Rustamov bilan bahs yuritib, texnik nokaut orqali magʻlub boʻldi.
MMA kechasi juftliklarida qayd etilgan barcha natijalar quyidagicha:
Qurbonali Normurodov (Oʻzbekiston, 1-0) — Diyorbek Roʻziboyev (Oʻzbekiston, 2-0);
Nizomiddin Isroilov (Oʻzbekiston, 1-0) — Salamat Oʻrazaxunov (Qirgʻiziston, 1-0);
Suxrob Otajonov (Oʻzbekiston, 2-0) — Aybol Axmetov (Qozogʻiston, 2-0);
Mirsaid Saparov (Oʻzbekiston, 2-0) — Vladimir Permyakov (Qozogʻiston, 1-0);
Sardor Xudoyberdiyev (Oʻzbekiston, 3-0) — Akmal Abduvaliyev (Tojikiston, 3-1);
Sharif Kushayev ( Oʻzbekiston, 4-0) — Nurbek Matkabilov (Qirgʻiziston, 4-0);
Anvar Abdullayev (Oʻzbekiston, 3-0) — Adilet Abdivaliyev (Qirgʻiziston, 5-1);
Oʻmurbek Kanibayev (Qirgʻiziston, 4-0) — Jahongir Najmiddinov (Oʻzbekiston, 6-3);
Dilshod Yusupov (Tojikiston, 4-1) — Saidotaxon Nuriddinov (Oʻzbekiston, 2-0);
Doston Bozorov (Oʻzbekiston, 4-1) — Tamerlan Kaykiyev (Qirgʻiziston, 2-1);
Faxriddin Mardiyev (Oʻzbekiston, 9-3) — Amir El Shanru (Misr, 11-6);
Ilyor Baktiyar Uulu (Qirgʻiziston, 4-1) — Farxod Davlatov (Tojikiston, 4-1);
Ilyar Asxanov (Qozogʻiston, 9-3) — Muslimbek Komilov (Oʻzbekiston, 4-1);
Yerkubulan Toktar (Qozogʻiston, 2-1) — Abdul Aziz Sotvoldiyev (Oʻzbekiston, 2-2);
Azamat Nuftillayev (Oʻzbekiston, 11-0) — Yuriy Prosenko (Ukraina 5-3) – Durang natija qayd etildi;
Ruslan Rustamov (Ozarbayjon, 12-8) — Avliyoxon Hamidov (Oʻzbekiston, 10-3-1);
Luchiano Kontini (Braziliya, 13-4) — Nursulton Roʻziboyev (Oʻzbekiston, 32-8-2).
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!