$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Toshkentda tunda buzib tashlangan uy bo‘yicha qo‘shimcha tafsilotlar ma’lum qilindi

17:51 / 26.03.2022

Kecha, 26-mart kuni Toshkent shahar Olmazor tumani Qorasaroy ko‘chasi 69-uyning tunda hokimlik vakillari hamda MIB xodimlari tomonidan buzib tashlangani haqichda maʼlum qilingan edi.

Xabardor.uz so‘roviga ko‘ra Toshkent shahar sudi matbuot xizmati Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining 2022-yil 17-fevraldagi qarori asosida maʼlumotni taqdim qildi.

Unga ko‘ra, daʼvogar Olmazor tuman hokimiyati 2022-yil 6-yanvarda javobgarlar Sh.A. va M.A. ga nisbatan majburiy ko‘chirish haqidagi daʼvo arizasi bilan fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudga murojaat qilib, javobgarlarni oila aʼzolari bilan Toshkent shahar Olmazor tumani, Yog‘du ko‘chasida yangi qurilgan 6-uydagi 2 ta xonadonga majburiy ko‘chirish haqida qaror qabul qilishni so‘ragan.

Qayd etilishicha, javobgarlar istiqomat qilib kelgan xonadon Toshkent shahar hokimining 2017-yil 30 iyundagi 832-sonli va 2019-yil 27-maydagi 764-sonli qaroriga asosan buzilishga tushgan.

Olmazor tumani hokimiyati vakillari 2021-yil 10-dekabr, 13-dekabr va 14-dekabr kunlari xonadon egalari bilan gaplashib, oxirgi marta ularga tuman hududidan 2 ta xonadon taklif qilingan.

Xonadon egalari esa ko‘rsatilgan xonadonlarni olishni rad etgan va buzilayotgan uy-joy o‘rniga Shayxontohur tumani hududida qurilgan yangi uylardan olib berishni yoki ushbu buzilayotgan uy-joy o‘rniga 4 mlrd 360 mln so‘m (400 ming AQSh dollari) miqdorida pul mablag‘i berilishini talab qilgan.

O‘z navbatida mazkur uy-joy bilan 2021-yil 27-iyulda baholash ishlari olib borilgan. Baholash natijasida u bozor qiymatiga ko‘ra 763 mln 753 ming so‘mga baholangan. Fuqaroga taklif etilgan 2 ta xonadon esa tuman hokimligi va sotuvchi o‘rtasida ikki tomonlama kelishuv bitimiga asosan 1 mlrd 182 mln 384 ming so‘mga baholanib tuman hokimligi balansiga olingan.

Uy-joy egalarining rad javoblari sababli tuman hokimiyati sudga Sh.A. va M.A.ni oila aʼzolari bilan Toshkent shahar Olmazor tumani Yog‘du ko‘chasida yangi qurilgan 6-uydagi 2 ta xonadonga majburiy ko‘chirish haqida daʼvo arizasi kiritgan.

Fuqarolik ishi bo‘yicha sud majlisi 2022-yil 17-fevral kuniga tayinlangan va chaqiruvga qaramasdan sudga kelmagan javobgarlar ishtirokisiz o‘tgan sud majlisida ish sirtdan ko‘rilib, daʼvogar Olmazor tuman hokimiyatining daʼvo arizasini qanoatlantirish haqida hal qiluv qarori chiqarilgan.

Hal qiluv qarori 2022-yil 24-fevral kuni javobgarlarga jo‘natilgan.

Hal qiluv qarori ijro qilish uchun 2022-yil 17-mart kuni Olmazor tumani majburiy ijro byurosiga yuborilgan.

2022-yil 24-mart kuni javobgarlar tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining 2022-yil 17-fevraldagi sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risida sudga ariza kelib tushgan.

Mazkur arizaning ko‘rilishi vaqti bo‘yicha taraflarga xabar berilgan.   


Bu ham qiziq

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Namangandagi boğçada 5 yoşli qiz zörlangani böyiça sud işi 18-noyabr kuni yopiq tarzda bölib ötadi

Namangandagi boğçada 5 yoşli qiz zörlangani böyiça sud işi 18-noyabr kuni yopiq tarzda bölib ötadi

Sudning ajrimiga asosan, mazkur jinoyat işi 18-noyabr kuni körib çiqiş uçun tayinlangan bölib, jabrlanuvçi voyaga yetmaganli…
11:02 / 11.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzax viloyatida umumiy oğirligi 471 gramm bölgan yarim tayyor quyma oltinni 450 million sömga sotayotgan ikki nafar fuqaro…
15:20 / 10.11.2026
Ziroat Mirziyoyeva “Nol çiqindi” Global alyansini taşkil etişga bağişlangan yuqori darajadagi uçraşuvda iştirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva “Nol çiqindi” Global alyansini taşkil etişga bağişlangan yuqori darajadagi uçraşuvda iştirok etdi

Mazkur alyans davlat va hukumat rahbarlari rafiqalarinining tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş hamda çiqindilarni kamayt…
09:01 / 12.11.2026
Hindistonda 4 yoşli bolani organlarini sotiş maqsadida öldirganlikda gumonlangan qarindoşi uşlandi

Hindistonda 4 yoşli bolani organlarini sotiş maqsadida öldirganlikda gumonlangan qarindoşi uşlandi

Hindistonning Çxattisgarx ştatida 4 yoşli bolaning jasadi makkajöxori dalasi yaqinidagi suv töplangan çuqurlikdan topildi. U…
15:30 / 10.11.2026
Özbekiston Birinçi xonimi COP31 doirasida mamlakatimiz milliy pavilyoniga taşrif buyurdi

Özbekiston Birinçi xonimi COP31 doirasida mamlakatimiz milliy pavilyoniga taşrif buyurdi

Pavilyon me’moriy konsepsiyasiga “Uzumzor – ötmiş merosi, bugungi yeçim, kelajak uçun ilhom” ğoyasi asos qilib olingan.
08:51 / 12.11.2026
Olti kişini Umraga yuborişni va’da qilib, 6 900 dollar talab qilgan şaxslar uşlandi

Olti kişini Umraga yuborişni va’da qilib, 6 900 dollar talab qilgan şaxslar uşlandi

Farğona va Andijon viloyatlarida fuqarolarni noqonuniy ravişda Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, ulardan jami 6 900 AQŞ…
10:12 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!