Ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi yo‘l vaqtincha yopildi. Bu haqda Chilonzor tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, issiqlik tarmoqlari quvurlarini yangisiga almashtirish munosabati bilan Chilonzor tumanida Farhod ko‘chasi Shuhrat chorrahasidan Chilonzor metro bekati chorrahasiga qadar bugun, 18-avgustidan 30-avgustigacha 10 kun muddatga yo‘lning qatnov qismi yopiladi.
“Yo‘lovchilar va haydovchilardan ehtiyotkor bo‘lishlarini so‘rab qolamiz”, – deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!