$
12793.03 UZS
-10.02
131.87 UZS
-1.34
13961.03 UZS
-31.42
11° Kechasi

Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarga tushirilgan mozaikalar bo‘yab tashlandi

16:01 / 28.03.2022

Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumanidagi “Katta Olmazor” mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning fasad qismidagi bezakli kafellarning usti bo‘yalayotganligi haqidagi xabarlar tarqaldi.

Chilonzor tumani hokimligi holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi.

Hokimlik bergan munosabatga ko‘ra, mahalladagi mazkur uylar qurilganiga 40 yildan oshganligi sababli fasadlardagi mozaikalar ham taʼmirtalab ahvolga kelib qolgan. Shu bois, 2022-yil 3-mart sanasidagi “Toshkent shahrida taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish to‘g‘risida”gi Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi tomonidan qabul qilingan qaror asosida pudratchi tashkilot tomonidan mahalladagi 9 qavatli uylarning fasadlarida taʼmirlash ishlari boshlangan.

Lekin mazkur hududlarda yashovchilarning ayrimlarida taʼmirlash ishlariga eʼtiroz bo‘lganligi sababli hozirda uylarning yon qismidagi kafelli mozaikalarni bo‘yash ishlari to‘xtatilgan. Uylarning old va orqa qismlaridagi fasadlarni taʼmirlash ishlari esa davom ettirilmoqda.

Maʼlumot uchun, mazkur mozaikalar 1966-yildagi Toshkent zilzilasidan so‘ng qayta qurilgan ko‘p qavatli binolarga aka-uka – Nikolay va Pyotr Jarskiylar tomonidan ishlangan.


Bu ham qiziq

Toshkentda 4 000 quti qalbaki dori vositalarini sotayotganlar ushlandi

Toshkentda 4 000 quti qalbaki dori vositalarini sotayotganlar ushlandi

Bu haqda prokuratura departamenti xabar berdi.
17:36 / 14.10.2024
AQSh va Meksika chegarasida nima uchun ko‘p muhojir vafot etmoqda?

AQSh va Meksika chegarasida nima uchun ko‘p muhojir vafot etmoqda?

Qayd etilishicha, so‘nggi ikki yil ichida AQSh va Meksika chegarasi yaqinidagi Nyu-Meksikoda besh yil oldingiga nisbatan o‘n…
16:38 / 16.10.2024
Toshkentdagi mehmonxonada yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdagi mehmonxonada yong‘in sodir bo‘ldi

Mazkur hodisa yuzasidan Toshkent shahar FVB ma’lumot berdi.
18:11 / 16.10.2024
Ukraina rus qo‘shinlari hujumini bartaraf etdi

Ukraina rus qo‘shinlari hujumini bartaraf etdi

Ukraina desantchilari Ukraina sharqidagi Donesk viloyatidagi Kuraxove shahri yaqinida rus kuchlarining hujumini qaytarishga …
19:36 / 15.10.2024
16-oktyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

16-oktyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

16-oktyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqd…
01:19 / 16.10.2024
15-oktyabr kuni qanday ob-havo qayd etiladi?

15-oktyabr kuni qanday ob-havo qayd etiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 15-oktyabr kuni Toshkentda havo biroz bu…
02:29 / 15.10.2024
Qozog‘istondagi avtohalokat tufayli 6 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

Qozog‘istondagi avtohalokat tufayli 6 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

Bu haqda mahalliy politsiya xabar berdi.
18:52 / 16.10.2024
Shavkat Mirziyoyev bugun Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrif buyuradi

Shavkat Mirziyoyev bugun Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrif buyuradi

Bundan tashqari, Prezident raisligida Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari yuzasidan yig‘ilish o…
11:44 / 15.10.2024
Bugun, 16-oktyabrdan muddatidan oldin ovoz berish boshlandi

Bugun, 16-oktyabrdan muddatidan oldin ovoz berish boshlandi

Bugun, 16-oktyabrdan respublika bo‘ylab saylov uchastkalari soat 9:00 dan muddatidan oldin ovoz berish uchun ochildi.
10:26 / 16.10.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!