Bugun, 15-noyabr kuni soat 16:44 da Toshkent shahar Yakkasaroy tumani, Yakkasaroy 1-tor ko‘chasida joylashgan shaxsiy xonadonda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida, Toshkent shahar FVBga xabar tushgan. Bu haqda Toshkent shahar FVB axborot xizmati xabar berdi.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 16:55 da yetib borib, yong‘in 17:06 da qurshab olingan va soat 17:11 da o‘chirilgan.
“Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q”, – deyiladi xabarda.
Shuningdek, yong‘in sababi aniqlanayotganligi aytilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!