Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida Toshkentning ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirildi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xabar berdi.
Quyidagi manzillar:
Mirobod tumani: “Qorasuv” MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
Uchtepa tumani: “Jurjoniy” MFY hamda 14-mavze, 15-mavze va 21-mavzelarning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 13:00 gacha;
Olmazor tumani: “Hofiz Ko‘xakiy”, “Zarbdor” hamda “Shoshiy” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 15:00 gacha.
“O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz. Mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz”, – deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!