“Aston Villa” “Barselona” zahirasida o‘tirib qolgan Felipe Koutinyoni ijaraga oldi.
"Barsa” matbuot xizmati xabariga ko‘ra, kelishuv futbolchini mavsum oxirida sotib olish huquqini o‘z ichiga oladi. Braziliyalik hali tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va ishlash uchun ruxsatnoma ololmagan.
“Aston Villa” braziliyalik futbolchining maoshini qisman to‘lab beradi. Maoshning asosiy qismini esa kataloniyaliklarning o‘zlari to‘lashadi.
Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachi “Barselona”ga 2018-yilda “Liverpul”dan kelib qo‘shilgan edi. 2019/20 yilgi mavsumda u “Bavariya”da ijara asosida o‘ynadi.
Joriy mavsumda Felipe “Barsa” safida barcha turnirlarda 16 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urishga erishgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!