$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Xorazmda bo‘lib o‘tgan “Lazgi” xalqaro raqs festivali uchun sarflangan “milliardlar”ni sanaymiz

18:01 / 14.05.2022

Joriy yilning 26-29-aprel kunlari Xorazmda I Xalqaro “Lazgi” raqs festivali bo‘lib o‘tdi. Festivalga 30dan oshiq davlatlardan 200ga yaqin sanʼatkorlar tashrif buyurishgan.

Mazkur tadbir hamda uning doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani o‘tkazish Prezidentning 2020-yil 29-sentyabrdagi qaroriga binoan tashkil qilinib, 2022-yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba 25-30-aprel kunlari Xiva shahrida tashkillashtirilishi belgilab qo‘yilgan.

Xabardor.uz ushbu festivalning respublika byudjetiga qanchaga tushgani bilan qiziqdi.

Yuqoridagi Prezident qaroriga muvofiq, tadbirni o‘tkazishda moliyaviy xarajatlarning 70 foizi respublika byudjetidan Madaniyat vazirligiga har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobiga hamda qolgan 30 foizi Xorazm viloyatining mahalliy byudjeti, homiylik xayriyalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga qoplanadi.

Xo‘sh, viloyat hokimligi hissasiga to‘g‘ri kelayotgan ulush qanchani tashkil qiladi?

Viloyat hokimligining 2022-yil 24-apreldagi qarori bilan hokimlikning mahalliy byudjeti qo‘shimcha manbalari hisobidan “festivalga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun” Xorazm viloyati madaniyat boshqarmasiga 4 mlrd 847,4 mln so‘m mablag‘ ajratilgan.

Shuningdek, bir kun o‘tib, yaʼni 25-aprel kuni viloyat hokimi F.Ermanov yuqoridagi maqsadlar uchun “viloyat mahalliy byudjetining 2022-yil 1-yanvar holatiga erkin qoldig‘i hisobidan” 2 mlrd so‘m ajratish haqidagi 120-12-0-F/22 sonli qarorni imzolagan.

Prezident qarorida ushbu tadbirni moliyalashtirish manbalari sifatida sanab o‘tilgan “homiylik xayriyalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar” haqida maʼlumotlar hech qayerda ochiqlanmagan va buni rasmiylashtirishning ham imkoni yo‘q.

Mazkur qarorda, shuningdek, ayrim chiqimlar ham sanalib o‘tgan bo‘lib, jumladan:

– Tanlov ishtirokchilarining chiqishlarini baholash uchun tuziladigan xalqaro hayʼat tuziladi va aʼzolar quyidagi tartibda rag‘batlantiriladi:

a) raisga – 2 ming AQSh dollari;

b) hayʼat aʼzolarining har biriga (6 kishi) – 1000 (bir ming) AQSh dollari miqdorida gonorar puli to‘lab beriladi.

Shuningdek, anjuman doirasida o‘tkaziladigan tanlov g‘oliblari quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

“Gran-Pri” – 7 000 AQSh dollari;

1-o‘rin – quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha:

“Eng yaxshi yakkaxon raqs ijrochisi” – 5 000 AQSh dollari;

“Eng yaxshi raqs jamoasi” – 5 000 AQSh dollari;

“Eng yaxshi sahnalashtirilgan raqs” – 5 000 AQSh dollari.

2-o‘rin – quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha:

“Eng yaxshi yakkaxon raqs ijrochisi” – 3 000 AQSh dollari;

“Eng yaxshi raqs jamoasi” – 3 000 AQSh dollari;

“Eng yaxshi sahnalashtirilgan raqs” – 3 000 AQSh dollari.

3-o‘rin – quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha:

“Eng yaxshi yakkaxon raqs ijrochisi” – 2 000 AQSh dollari;

“Eng yaxshi raqs jamoasi” – 2 000 AQSh dollari;

“Eng yaxshi sahnalashtirilgan raqs” – 2 000 AQSh dollari.

Bundan tashqari, tashkilotchilar tomonidan har bir qo‘shimcha nominatsiya uchun 500 AQSh dollari miqdorida pul mukofotlari ajratilishi mumkin.

Demak, xomaki hisob kitoblarga ko‘ra, 6 mlrd 847,4 mln so‘mni viloyat hokimligi ajratishi kerak bo‘lgan mablag‘ (30 foiz) deb oladigan bo‘lsak, jami taxminan 22 mlrd 825 mln so‘m sarflangan bo‘ladi.

Bunda yuqorida aytilganidek, homiylik va qonun bilan taqiqlangan boshqa mablag‘larni aniqlashtirishning imkoni yo‘q.


Bu ham qiziq

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Vengriyada sobiq boş vazir Viktor Orban hukumatida işlagan vazirga nisbatan korrupsiya işi böyiça ötkazilgan tintuvlarda örm…
17:37 / 15.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!