Toshkent shahrida BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining “CHAMPS” tashabbusini O‘zbekistonda rasmiy ishga tushirilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
“CHAMPS” tashabbusining asosiy maqsadlari – davlat va nodavlat tashkilotlarni bolalar orasida zararli xulq-atvor shakllanishining oldini olishda, erta profilaktika choralari samaradorligini oshirishda, hayotiy va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishda yagona va integratsiyalashgan profilaktika tizimi doirasida birlashtirishdir. Ushbu tashabbusda xavf guruhi ro‘yxatida turuvchi bolalarga alohida e’tibor qaratiladi.
O‘zbekistonda “CHAMPS” tashabbusining birinchi pilot hududi sifatida Sergeli tumani belgilandi. Ushbu tumanda BMT NJB mahalliy hamkorlar bilan birgalikda bolalarni qo‘llab-quvvatlovchi mavjud profilaktika infratuzilmalarini baholash, tashabbusning samaradorligini oshirish va bolalarning sog‘lom rivojlanishida asosiy parametrlarni ishlab chiqish choralarini o‘rganmoqda.
Tadbir yakunida tomonlar O‘zbekistonda “CHAMPS” tashabbusini amaliyotga joriy etishga oid rasmiy hujjatlarni imzoladilar.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!