$
12910.15 UZS
-14.77
159.78 UZS
-0.16
14660.77 UZS
40.1
31° Kechasi 18°

Xorazmda Damas va Labo ishlab chiqarish hajmi oshiriladi

13:46 / 21.05.2023

Xorazm viloyatida Chevrolet Damas va Labo avtomobillari ishlab chiqarish hajmi oshiriladi. Bu haqda UzAuto Motors kompaniyasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, kompaniya avtomobillarni yetkazib berish jarayonlarini jadallashtirish maqsadida Chevrolet Damas va Labo avtomobillarini ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish dasturini yakunladi. Endilikda amalga oshirilgan chora-tadbirlar ushbu talabgir modellarning ishlab chiqarish hajmini yiliga 150 ming donaga bosqichma-bosqich oshirish imkonini beradi, bu esa o‘z navbatida, yetkazib berish muddatiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi.

2016-yildan buyon zavodning ishlab chiqarish quvvatini bosqichma-bosqich oshirish ishlab chiqarish hajmini deyarli 5 barobar ko‘paytirishga imkon bergan. UzAuto Motors’ning Xorazm filialida ishlab chiqarishni optimallashtirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha olib borilgan tizimli ishlar 2022-yilga kelib ishlab chiqarish hajmini 93 000 dan ortiq avtomobilga oshirdi.

UzAuto Motors 2021-yilda ishlab chiqarish hajmini oshirish dasturi doirasida Pitnak shahrida yangi press-syexni ishga tushirdi. 1 gektardan ortiq hududda yo‘lga qo‘yilgan ishlab chiqarish, maksimal quvvatga erishgandan so‘ng har yili 12 ming tonna metall listdan Chevrolet Damas va Labo modellari uchun 7 million donagacha turli shtamplash kuzov qismlarini ishlab chiqarish imkonini beradi.

Butlovchi qismlarni mahalliylashtirish, ayrim komponentlarni dekontenting qilish (arzonroq variantiga almashtirish) va ishlab chiqarish jarayonlarini unifikatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar importni qisqartirgan holda ishlab chiqarish hajmini oshirishga imkon beradi.


Bu ham qiziq

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qiymati 49 mlrd 255 mln dollarga yetdi

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qiymati 49 mlrd 255 mln dollarga yetdi

Joriy yil 1-may holatiga ko‘ra, respublika oltin-valyuta zaxiralari qiymati 49 mlrd 255 mln dollarga yetdi. Bu tarixiy rekor…
10:47 / 10.05.2025
Soliq mobil ilovasining foydalanuvchilari soni ma’lum qilindi

Soliq mobil ilovasining foydalanuvchilari soni ma’lum qilindi

Joriy yil 1-may holatiga ko‘ra, Soliq mobil ilovasida 10 million 965 ming nafardan ortiq foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan.
12:10 / 11.05.2025
Hindiston va Pokiston o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatdi

Hindiston va Pokiston o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatdi

Shuningdek, Pokiston tashqi ishlar vaziri ham ushbu ma’lumotni ijtimoiy tarmoqlarda tasdiqlab o‘tdi.
18:42 / 10.05.2025
Tramp AQSh Falastinni tan olishini e’lon qilishi mumkin

Tramp AQSh Falastinni tan olishini e’lon qilishi mumkin

Qaror Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan sammitda e’lon qilinishi kutilmoqda.
15:40 / 10.05.2025
Samarqanddagi zapravkada yuz bergan portlash oqibatida vafot etganlar 3 kishiga yetdi

Samarqanddagi zapravkada yuz bergan portlash oqibatida vafot etganlar 3 kishiga yetdi

Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi.
09:45 / 11.05.2025
UFC 315. Bilol Muhammad mag‘lub etildi, Maddalena – yangi chempion

UFC 315. Bilol Muhammad mag‘lub etildi, Maddalena – yangi chempion

Kanadaning Monreal shahrida UFC 315 turniri o‘z yakuniga yetdi.
10:53 / 11.05.2025
9-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

9-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi.
21:16 / 08.05.2025
Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya rahbarlari Kiyevga boradi

Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya rahbarlari Kiyevga boradi

Germaniya kansleri Fridrix Mers, Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron va Buyuk Britaniya bosh vaziri Key Starmer Ukrainaga t…
09:51 / 10.05.2025
Hafta boshida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

Hafta boshida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” 12–14-may kunlari kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
09:26 / 11.05.2025
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi yo‘lladi

Bu haqda, Prezident matbuot xizmati e’lon qildi.
19:51 / 08.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!