$
12015.96 UZS
-26.53
160.30 UZS
-0.25
14051.46 UZS
-96.06
31° Kechasi 18°

Xudkushlik: odamlar orasida avj olgan illat

11:57 / 03.07.2023

18+

Muhim: ushbu material hayoti davomida bir marta boʻlsa ham ruhiy bosim va boshqa sabablar taʼsirida oʻz joniga qasd qilish haqida oʻylab koʻrgan insonlar uchun yozilgan. Tabiatan taʼsirchan odamlar shuningdek, voyaga yetmaganlar, homilador ayollar va bemorlarga ushbu maqolani oʻqish tavsiya qilinmaydi.

Oʻzini oʻldirish, xudkushlik yoki suitsid (lotincha: sui caedere) – hayotga insonning oʻz ixtiyori bilan chek qoʻyishidir.

Xudkushlikka jamiyatning munosabati, din, shaʼn hamda hayot maʼnosi mavzulariga aloqador boʻlib kelgan. Aksar dinlarda, masalan, Islom, yahudiylik, nasroniylik, buddaviylik, hinduizm kabilarda insonning oʻz joniga qasd qilishi qattiq qoralanadi va ogʻir gunoh deb baholanadi. Qadimda yapon samuraylari oʻz shaʼnini himoya qilish maqsadida xushkushlikka qoʻl urishgan va bu odamlar tomonidan ijobiy baholangan. Shuningdek, urushlar vaqtida kamikadzelik harbiy qahramonlik deya qabul qilingan.

Xudkushlik jamiyatda hamon qattiq qoralanadi, biroq bedavo kasallikka chalingan bemorlarning tibbiy yordamni qabul qilmay qoʻyishi yoki evtanaziyani tanlash huquqi bahs ostidadir.

Zamonaviy tibbiyot odatda xudkushlikni ruhiy nosogʻlomlikka yoʻyadi va bunday kishilarga ruhiy yordam koʻrsatilishi zarur, deb hisoblaydi.

Dunyoda har yili millionga yaqin odam oʻzini oʻldiradi, 10-20 million marta omadsiz urinish qayd etiladi. Rossiyada har yili 60 000, AQShda taxminan 30 000, Yaponiyada 30 000 dan ziyod va Xitoyda 250 000 nafar kishi xudkushlik oqibatida vafot etadi.

Zaharlanish

Bu hikoya hattoki siz dunyodagi eng goʻzal ayol boʻlsangiz ham, oʻz joniga qasd qilish sizning chiroyli hayotingizni badboʻy botqoqqa botib tugashiga sabab boʻlishiga misoldir. 1944-yilda Gollivudning mashhur aktrisasi – oʻttiz olti yoshli Lupe Velez aktyor Garold Mareshdan homilador boʻlib qoladi. Katolik dini anʼanalariga qatʼiy amal qiluvchi oilada ulgʻaygan aktrisa nikohsiz farzandni dunyoga keltirmaslik uchun oʻz joniga qasd qiladi.

Ijodiy kasb egasi boʻlgan aktrisa goʻzallik va shon-shuhrat choʻqqisida oʻlishni orzu qilardi. U uzoq vaqt oʻylab, oʻzini oʻldirish uchun “ajoyib” ssenariy oʻylab topdi. Toʻshagini yangi uzilgan xushboʻy gullar bilan bezatdi, oxirgi marta dush qabul qildi, oʻzining sevimli koʻk paltosini kiydi, soʻngra asta-sekin oldindan tayyorlangan bir nechta tabletkani qimmatbaho konyak bilan ichdi va narigi dunyoga ketish uchun hashamatli karavotga yotib, oʻlim kelishini kutdi.

Ammo ishlar rejadagidek ketmadi, bir necha daqiqadan soʻng organizmning zaharlanishga qarshi tabiiy reaksiyasi yuzaga keldi va u oʻzini tutolmay qayt qilishni boshladi. Egnidagi goʻzal libosi va karavotdagi xushboʻy gullar chiroyidan asar ham qolmadi. Xonani taʼriflab boʻlmaydigan darajadagi badboʻy hid qurshab oldi. U karavotidan sakrab turib, gullarni uloqtirdi va hammom tomonga yugurdi. Aktrisa shoshganidan sirpanib ketdi va boshini Misr oniks toshidan ishlangan unitazga urib, ogʻir jarohat oldi. Shundan keyin uzoq vaqt qayt qilib, mana shu holatda boʻgʻilib oʻldi. Aktrisani badboʻy hojatxonadan topdilar.

Zahar maʼlum bir odamning tanasiga qanday taʼsir qilishi haqida hatto mutaxassis shifokorlar ham oldindan aniq tashxis qoʻya olmasliklari mumkin. Hatto, ehtiyotkorlik bilan hisoblangan doza ham oldindan aytib boʻlmaydigan natijalarni berishi ehtimoldan xoli emas.

Zaharlanish sabab biologik oʻlim kutilganidek tez sodir boʻlmasligi, inson bir necha kun davomida dahshatli azoblarni boshdan kechirishi mumkin. Oʻzini oʻldirishga uringan odamning ichki aʼzolari shifokorlar tomonidan zararsizlantiriladi, yuviladi, lekin zaharning organizm tomonidan soʻrilishi uzoq vaqt talab qiladi. Shunga qaramasdan gag refleksi yoʻqolmay qolaveradi va oʻlimini kutayotgan odam bogʻlangan holatda toʻshakda yotadi.

Derazadan sakrash

Baʼzan biz odamning oʻzini derazadan yoki tomdan tashlagani va shu tariqa oʻz joniga qasd qilgani haqidagi hikoyalarni eshitamiz. Biroq mazkur usul har doim ham kutilganidek natija bermasligi mumkin. Koʻp hollarda balandlikdan sakrash oʻlim bilan emas, nogironlik bilan tugaydi. Bunday holatlar tez va oson oʻlim topish holatlariga qaraganda bir necha baravar koʻp uchraydi.

Keling, birinchi variantni koʻrib chiqaylik. “Sarguzashtlar” hali parvoz tugamay turib boshlanadi, kuchli zarb tufayli suyaklar maydalanib ketadi. Baʼzi hollarda koʻz kosasidan chiqib ketishi ham mumkin. Miya esa tananing suvga toʻyingan (90 foiz) qismi sifatida sochilib ketadi va uning boʻlaklari atrofga tarqaladi.

Soʻngra odatdagidek, jasad oldiga olomon yigʻiladi – muhokama qilish va qoralash boshlanadi. Hech kim marhumning “jasorat”iga qoyil qolmaydi. Shuningdek, ular marhumga hamdard boʻlmaydilar. Tomoshabinlar bosh suyagining deformatsiyasidan hayratda qoladilar. Bu holatni koʻrgan yosh bolalar esa haqiqiy dahshatni boshdan kechirishadi.

Oʻlikxonada bunday tanaga ishonchli shakl berish juda qiyin boʻladi. Inson tanasini qayta tiklash – oson ish emas. Agar qarindoshlarning katta miqdorda puli boʻlmasa murdani sumkaga solib qoʻyishadi. Murda ana shu sumka ichida koʻmilishi ham mumkin.

Endi esa real hayotda odamlar qanday qilib balandlikdan sakrab, undan keyin qanday yashashlari haqida matbuotdan olingan hikoyalardan biri bilan tanishing.

Sevganini oʻldirgandan keyin yigit 10 qavatdan sakrab omon qolgan

Rossiya Federatsiyasining poytaxti – Moskva shahrida 20 yoshli Nikolay Chibisov ismli yigit avval sevgilisi Kseniya Tyuvinani, keyin esa oʻzini oʻldirmoqchi boʻldi.

Sevgan qizi bilan kelisha olmagan yigit agar Ksyusha uniki boʻlmasa, boshqaniki ham boʻlmasligiga qaror qilgan. Oshxonadan pichoqni olgan, gʻazab bilan qizning koʻkrak va boʻyin qismiga 19 marta pichoq urgan. Keyin, uning kompyuteridagi barcha yozishmalar va fotosuratlarni oʻchirib tashlagan, oʻzini ham oʻldirishga qaror qilgan va derazadan pastga sakragan.

Ammo u oʻylagan niyatiga yeta olmadi: deraza ostida oʻsayotgan daraxt unga toʻsqinlik qildi. Hozir Nikolay 33-shahar kasalxonasida tanadagi suyaklarning koʻp sonli sinishi tashxisi bilan komada azob chekib yotibdi. Uning oilasi va politsiyachilar reanimatsiya boʻlimida haligacha navbatchilik qilishadi.

Tomirlarni kesish

Bu oʻzini hayotdan mahrum qilishdan koʻra koʻproq eʼtiborni jalb qilish usulidir, lekin har qanday holatda ham juda jiddiy oqibatlarga olib keladi.

Baʼzida bu usulda oʻz joniga qasd qilish spirtli ichimliklar yoki giyohvand moddalar taʼsirida yoki eyforiya kuchaygan holda, oʻz harakatlarini nazorat qilishni va oʻz-oʻziga yetkazilgan zarar darajasini baholashning imkoni boʻlmay qolgan hollarda yuzaga keladi.

Tomirlarning shikastlanishi kamdan-kam hollarda oʻlim bilan tugaydi, ammo qoʻllardagi tomirlarni kesishga urinayotganda, tendonlar va mushaklar deyarli har doim shikastlanadi, bu esa qoʻl va barmoqlarning harakatlari buzilishiga olib keladi, keyin esa odamni nogironlik (qoʻl falaji) kutadi.

Bundan tashqari, tomirlardagi kesiklar va yaralarning ifloslanishi tufayli yalligʻlanish rivojlanishi mumkin, bu ogʻir kasallikka, shu jumladan, qon zaharlanishi yoki gangrenaga olib keladi.

Oʻzini osish

Osilgandan keyingi dastlabki 2-3 daqiqada nafasni ushlab turish, tartibsiz harakatlar, tashvish, qochishga urinishlar kuzatiladi. Jasadlar koʻpincha qoʻl barmoqlari bilan arqonni changallagan holda topiladi. Bu oʻz-oʻzini qutqarish uchun muvaffaqiyatsiz urinishdan dalolat beradi. Bir zumda sodir boʻlayotgan voqealarning dahshatini anglab yetgan odam oʻzini oʻldirish haqidagi qaroridan afsuslanadi va soʻnggi kuchi bilan halqadan chiqib ketishga harakat qiladi. Bundan tashqari, u buni reflekslar taʼsirida ham qilishi mumkin.

Baʼzilar oʻz kuchi yoki boshqalarning koʻmagi bilan omon qolishlari mumkin. Ammo oʻzini osishning oqibatlari juda ogʻir boʻladi, chunki osish miya shishishi va kislorod yetishmasligiga olib keladi. Aynan shu vaqtda kislorod yetishmasligi juda kuchli zararli taʼsirga ega boʻlishi mumkin va funksiyalar tiklanadimi yoki yoʻqmi – bunisi nomaʼlum boʻlib qoladi.

Xotiraning yoʻqolishi, ranglarni ajrata olmaslik, eshitish qobiliyatining buzilishi, reanimatsiyadan keyingi nevrologik buzilishlar ogʻir boʻlishi mumkin. Baʼzi funksiyalar butunlay yoʻqoladi, baʼzilarini tiklash esa uchun uzoq vaqt talab etiladi.

Yaʼni, oʻz joniga qasd qilishning mutlaqo yaxshi, qulay, ogʻriqsiz usullari mavjud emas. Ularning barchasi katta azob-uqubatlar bilan bogʻliq, shunda ham koʻpincha odam oʻlimdan omon qoladi, lekin qolgan umrini qilgan ishidan afsusda va azob-uqubat ila nogironlar aravachasida oʻtkazadi.

Ijtimoiy oqibatlar

Oʻz joniga qasd qilish harakatlarining nafaqat jismoniy oqibatlarini, balki ijtimoiy oqibatlarini ham taʼkidlash kerak. Ulardan baʼzilari haqida yuqorida aytib oʻtgan edik.

Birinchidan, oʻz joniga qasd qilishga urinishdan keyin shifoxonaga yotqizilgan taqdirda, odam psixiatr tomonidan tekshiriladi va maxsus roʻyxatga olinadi. Shuni taʼkidlash kerakki, shifokorga oʻzlari yordam soʻrab murojaat qilganlar, ogʻir ruhiy kasalliklarga duchor boʻlmaganlar, aksariyat hollarda roʻyxatga olinmaydi. Ammo oʻz joniga qasd qiluvchilar oʻzlariga xavf tugʻdiradigan odamlar sifatida majburiy roʻyxatga olinadi. Tibbiyot xodimlarining bunday bemorlarga munosabati odatda, yumshoq qilib aytganda, butunlay boshqachadir.

Buxgalteriya hisobingiz bilan ham muammolar yuzaga keladi. Shuningdek, juda uzoq vaqt davomida oʻz joniga qasd qilish sabab huquqlar cheklanadi – ular haydovchilik guvohnomasini ololmaydilar, transport vositalarini boshqarolmaydilar. Qolaversa, ruhiy kasalliklar dispanserining maʼlumotnomasi yoʻqligi sababli nufuzli oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kira olishmaydi, davlat xizmati, baʼzan esa xususiy tashkilotlardan ham yaxshi ish topa olishmaydi.

Oʻlishning 100 foiz ishonchli yoʻli

Sogʻlom odamlar oʻz joniga qasd qilishning “ishonchli”, “tasdiqlangan” va hatto “ogʻriqsiz” usulini qanday izlayotganini koʻrish juda achinarli. Bu “yoshlik eliksiri”ni topishdagi muvaffaqiyatsiz urinishlarni eslatadi.

Oʻz joniga qasd qilishning ishonchli, tez va hatto ogʻriqsiz usuli haqiqatda mavjud emas.

Yoʻq. Biroq hali ham bitta “ishonchli” yoʻli bor! Bu juda qadimiy va juda samarali. Bu yoʻl – munosib umr kechirish, qiyinchiliklarni sharaf va qadr-qimmat bilan oʻz yaqinlaring koʻmagida yoki yakka oʻzing yengib oʻtish, oxir-oqibat, oʻz hayot vazifangni ado etganingni anglab, keksalikdan oʻlim topish usulidir…

Xulosa

Agar siz bu maqolani o‘qib ham o‘z joningizga qasd qilish fikridan qaytmagan bo‘lsangiz, sizni kutib turgan ajoyib kelajakka nazar soling. Balki bu siz uchun ajoyib kelajak emasdir, ammo o‘lim ham ajoyib yakun bo‘la olmaydi.

O‘limingizdan keyin hamma sizga achinishi yoki siz uchun ko‘z yosh to‘kishi va o‘limingizda o‘zini ayblashi haqidagi gaplar quruq afsona xolos.

Aksincha, hamma faqat sizni jasoratsizlikda ayblaydi, farzandlaringiz ularni yetim qoldirganingiz uchun bir umir sizdan norizo bo‘lib o‘tadi. Eng yomoni esa, siz ota-onangizni emas, ota-onangiz sizni qabrga qo‘yishadi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsam, boshqalarga o‘xshamaganingiz uchun o‘zingizni ayblamang. Umuman olganda, "go‘zallik" g‘ayrioddiylikdir. Tangri sizni hayot yo‘lingizdagi to‘siqlarni yengib o‘tish qobiliyati bilan ta’minlagan, bu sizning o‘lmas ruhingizni yanada kuchliroq qiladi degan umitdaman.

Maqolani Sardor Toʻlanboyev tayyorladi.


Bu ham qiziq

Gulnora Karimovaning uzoq yillik korrupsiya ishi bo‘yicha sud jarayoni Shveysariyada bo‘lib o‘tadi

Gulnora Karimovaning uzoq yillik korrupsiya ishi bo‘yicha sud jarayoni Shveysariyada bo‘lib o‘tadi

Gulnora Karimovaga oid xalqaro korrupsiya ishi bo‘yicha sud jarayoni 2026-yil 27-aprel kuni Bellinzona shahridagi Federal ji…
10:16 / 25.04.2026
19 072 ta xorijiy investorlar qaysi sohalarni tanlayapti?

19 072 ta xorijiy investorlar qaysi sohalarni tanlayapti?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-aprel holatiga O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokid…
14:52 / 25.04.2026
Samarqandda infratuzilma loyihalari ko‘zdan kechirildi

Samarqandda infratuzilma loyihalari ko‘zdan kechirildi

Saida Mirziyoyeva Samarqand viloyatida bir qator infratuzilma loyihalari, jumladan Yangi O‘zbekiston massivini rivojlantiris…
10:54 / 25.04.2026
Eron g‘arbida maxsus operatsiyalar tafsiloti ochiqlandi

Eron g‘arbida maxsus operatsiyalar tafsiloti ochiqlandi

Eronning g‘arbiy hududlarida o‘tkazilgan maxsus operatsiyalar davomida jami 239 nafar shaxs qo‘lga olingani ma’lum qilindi.
19:54 / 25.04.2026
Qozog‘istonda Sun’iy intellekt universiteti ochiladi

Qozog‘istonda Sun’iy intellekt universiteti ochiladi

Qozog‘istonda 2026-yilda yangi formatdagi texnologik oliygoh – Sun’iy intellekt universiteti ochiladi. Bu haqda kecha, 24-ap…
16:53 / 25.04.2026
“Temur tuzuklari” ilk bor belarus tiliga tarjima qilindi

“Temur tuzuklari” ilk bor belarus tiliga tarjima qilindi

Temur tuzuklari asari ilk bor belarus tiliga tarjima qilinib, “Ulaženne Cjāmura” nomi ostida chop etildi.
12:08 / 25.04.2026
192 haydovchi “prava”siz mashina boshqargani aniqlandi

192 haydovchi “prava”siz mashina boshqargani aniqlandi

Yo‘l harakati xavfsizligini nazorat qilish tizimlari yana bir jiddiy muammoni yuzaga chiqardi.
14:27 / 24.04.2026
Elektr tarmoqlari muhandislari pora bilan ushlandi

Elektr tarmoqlari muhandislari pora bilan ushlandi

Toshkent shahri tumanlaridan birida elektr tarmoqlari korxonasining ikki nafar muhandisi pora olayotganda qo‘lga olindi.
09:37 / 25.04.2026
Farg‘onada Namangan sobiq hokimi ustidan sud jarayoni boshlanadi

Farg‘onada Namangan sobiq hokimi ustidan sud jarayoni boshlanadi

24-aprel kuni Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha sudida Namangan shahrining sobiq hokimi Anvarjon Otaxo‘jayevga nisb…
09:55 / 24.04.2026
Toshkentda 40 va 20-sonli avtobuslar harakat yo‘nalishi o‘zgaradi

Toshkentda 40 va 20-sonli avtobuslar harakat yo‘nalishi o‘zgaradi

Toshkent shahrida 2026-yil 27-apreldan boshlab ikki avtobus yo‘nalishi bo‘yicha o‘zgarishlar joriy etiladi. Bu haqda shahar …
09:44 / 25.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!