Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro kongress markazida ta’lim sifatini oshirish va yangi avlod darsliklarini joriy etishga bag‘ishlangan ko‘rgazma-taqdimot bilan tanishdi.
Taqdimot davomida quyidagi mavzular bo‘yicha ko‘rgazma zonasi tashkil etildi:
– ishlab chiqilgan darsliklar bilan tanishish zonasi;
– asosiy darsliklarga qo‘shimcha ravishda ishlab chiqilgan raqamli manbalar taqdim etilgan texnozona;
– namunali sinf.
Qayd etish mumkin, yangi avlod darsliklari bo‘yicha O‘zbekiston bo‘yicha 14 ta tajriba maktablari tanlab olingan.
Yangi o‘quv yilidan boshlab ushbu maktablarda yangi darsliklar bo‘yicha ta’limni olib borish rejalashtirilgan. Ularning o‘qituvchilari seminar-treninglarda qatnashib, o‘qitishning yangi metodikalarini o‘zlashtirdilar.
Mazkur maktablar misolida O‘zbekistondagi barcha o‘rta umumta’lim o‘quv muassasalar uchun texnik va infratuzilma standartlari ishlab chiqiladi.
O‘z navbatida, Davlat rahbari sohadagi islohotlar haqida murojaat qilib, maktab o‘qituvchilari bilan norasmiy muhitda muloqot qiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!