2022-yil yanvar-mart oylarida O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining barcha savdo platformalarida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 26,7 trln. so‘mni tashkil qildi.
Ma’lum qilinishicha, 2022-yil yanvar-mart oylarida avtoraqam.uzex.uz elektron savdo tizimi orqali 86,7 mlrd. so‘mlik 40 mingdan ziyod avtoraqamlar sotildi.
Bunda avtoraqamlarning sotuvi o‘tgan yilga nisbatan son jihatdan 27 foizga, hajmi bo‘yicha – 40 foizga o‘sdi. Sotilgan avtoraqamlarning o‘rtacha boshlang‘ich va sotuv narxlari o‘rtasidagi tafovut 47 foizni tashkil qildi.
Ma’lumot o‘rnida, ko‘rib chiqilayotgan davrda birjada ro‘yxatdan o‘tgan yangi mijozlarning soni 33,6 ming nafarni tashkil qildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!