Yaponiyaning Gunma prefekturasida, mamlakatning markaziy qismida 50 dan ortiq avtomobil ishtirokida sodir bo‘lgan yirik YTHda ikki kishi halok bo‘ldi, shuningdek, 26 kishi jarohatlangan.
Bu haqda NHK telekanali ma’lum qildi.
Hodisa mahalliy tezyurar yo‘lda sodir bo‘lgan. Hodisada kamida 10 ta mashina yonib ketgan, YTH dastlab muzlik tufayli yuzaga kelgani taxmin qilingan.
Favqulodda xizmatlar ma’lumotlariga ko‘ra, ikki kishi halok bo‘lgan, besh kishi og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan, yana 21 kishi yengil jarohatlar olgan. Hodisa tufayli Yaponiyaning markaziy qismidagi tezyurar yo‘lning bir qancha qismlari harakatlanish uchun yopilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!