$
12880.35 UZS
-29.8
156.68 UZS
-3.1
14535.47 UZS
-125.3
33° Kechasi 20°

“Yoshlar o‘lyapti, 4000 ta, 4200 ta odam avariyadan o‘lyapti. Bekordan bekor”– Shavkat Mirziyoyev

16:49 / 21.10.2023

Kechagi videoselektor yig‘ilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev yo‘llarimizdagi harakat xavfsizligi bilan bog‘liq vaziyat ancha ayanchli ahvolda ekanini ko‘rsatib o‘tdi.

Yo‘l-transport hodisalari oqibatida o‘lim va jarohatlanish holatlari ko‘pligini, tegishli rahbarlar bunga loqayd bo‘lib o‘tirganini jiddiy tanqid qildi.

"Yoshlar o‘lyapti, 4000 ta, 4200 ta odam avariyadan o‘lyapti. Bekordan bekor. Sen ham, transport vaziri bo‘la turib, shunga befarq bo‘lmasdan, Prezident qabul qilgan qarorini, svetoforlarni joy-joyiga qo‘yishga mas’ulmisan, yo‘qmi? Nimaga odamlar o‘lishi kerak chorrahalar to‘g‘irlanmagani uchun?" - deya savol qo‘ydi Prezident transport vaziriga.

Mas’ullarning qoniqarsiz faoliyatiga deputatlarimiz befarq bo‘lib o‘tirgani ham afsus bilan qayd etildi.

"Nimaga Prezident tashvish qilib, hammani "yondirishi" kerak? Nimaga sizlar (deputatlar) "yonmaysizlar"? Shuncha odam o‘lib ketyapti, ijtimoiy tarmoqlarga qarab bo‘lmaydi - dod-faryod odamlar o‘lgani uchun. Ijtimoiy tarmoq degani - xalqni ovozi degani", - dedi davlatimiz rahbari.

Prezident misol sifatida Xitoy poytaxti Pekin va Rossiya poytaxti Moskvadek yirik shaharlarda tirbandlik deyarli kuzatilmasligini tilga oldi, bizda ham shunga intilish shartligini ko‘rsatib o‘tdi.

Umuman, transport vaziri va boshqa mutasaddilarga jamoat transportini rivojlantirish, svetoforlar va yo‘l chiziqlarini o‘rnatish, tirbandlikning oldini olish, poytaxt ko‘chalari va hududlardagi yo‘llarni tartibga solish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rish topshirildi. 2024-yil bu borada jiddiy o‘zgarishlar yili bo‘lishini ta’minlash vazifasi qo‘yildi.

 


Bu ham qiziq

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari bir oyda 2,9 foizga o‘sdi

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari bir oyda 2,9 foizga o‘sdi

Oʻzbekiston Markaziy banki maʼlumotlariga koʻra, may oyi boshida respublikaning oltin-valyuta zaxiralari 49,2 milliard dolla…
18:47 / 09.05.2025
11-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

11-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 31-33 daraja bo‘ladi.
00:58 / 11.05.2025
“Kosmos-482” fazoviy qurilmasi Hind okeaniga quladi

“Kosmos-482” fazoviy qurilmasi Hind okeaniga quladi

“Roskosmos” mutaxassislarining hisob-kitoblariga ko‘ra, fazoviy qurilma Moskva vaqti bilan 9:24 da (Toshkent vaqti bilan 11:…
15:35 / 10.05.2025
Xitoy kompaniyasi Surxondaryoda paxta yetishtirish bo‘yicha 95 million dollar investitsiya kiritadi

Xitoy kompaniyasi Surxondaryoda paxta yetishtirish bo‘yicha 95 million dollar investitsiya kiritadi

Xitoyning Jiangsu World Group korporatsiyasi Surxondaryo viloyatidagi paxta yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha avtomatla…
20:25 / 08.05.2025
Tramp AQSh Falastinni tan olishini e’lon qilishi mumkin

Tramp AQSh Falastinni tan olishini e’lon qilishi mumkin

Qaror Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan sammitda e’lon qilinishi kutilmoqda.
15:40 / 10.05.2025
Hindistonda 32 ta aeroport faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi

Hindistonda 32 ta aeroport faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi

Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keskinlik kuchaygani fonida Hindiston 32 ta aeroportni fuqarolik reyslari uchun yopdi. Bu …
12:12 / 10.05.2025
Boks. O‘zbekiston terma jamoasi World Boxing kubogida ishtirok etadi

Boks. O‘zbekiston terma jamoasi World Boxing kubogida ishtirok etadi

Tarkibda Olimpiada va jahon chempioni ham bor.
12:29 / 10.05.2025
O‘zbekistonda saratonga qarshi kurash milliy rejasi ishlab chiqilmoqda

O‘zbekistonda saratonga qarshi kurash milliy rejasi ishlab chiqilmoqda

O‘zbekistonda saraton kasalligiga qarshi kurash milliy rejasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda JSSTning O‘zbekistondagi matbuot …
21:02 / 09.05.2025
Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi yakunlandi

Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin taklifiga binoan …
08:33 / 10.05.2025
Samarqandda “zapravka”dagi yong‘in sabab ikki kishi halok bo‘ldi

Samarqandda “zapravka”dagi yong‘in sabab ikki kishi halok bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, chaqnash oqibatida 2 fuqaro halok bo‘lgan.
09:34 / 09.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!