$
12965.34 UZS
-14.82
161.34 UZS
-0.29
14525.07 UZS
-81.5
37° Kechasi 18°

Zangiotada gaz taʼminoti tizimiga noqonuniy ulanib kelgan tashkilotlar aniqlandi

16:12 / 12.04.2023

Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Ulug‘bek MFYda “Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali xodimlari tomonidan olib borilgan nazorat ishlari natijasida gaz taʼminoti tizimiga noqonuniy ulangan bitum eritish bilan shug‘ullanuvchi ishlab chiqarish korxonasini aniqladi. Bu haqda "HUDUDGAZ TOSHKENT" Gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, “PERMANENT HOUSE” MCHJ rahbari F.Xudoyqulovga tegishli bo‘lgan mazkur tashkilot hisobdon orqali tabiiy gaz olayotgan bo‘lsada, texnik qoidabuzarlik holatlariga yo‘l qo‘ygan holda loyihadan tashqari nostandart gaz anjomlarini o‘rnatib, rezina shlanglardan foydalanib kelgan.

O‘rnatilgan tartibda mutasaddi vakillar tomonidan dalolatnoma tuzilgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra korxona 111 mln so‘mlik tabiiy gaz isteʼmol qilgani aniqlangan.

Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar maʼmuriy tarzda chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.

Shuningdek, Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Bo‘zsuv hududida “Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali xodimlari tomonidan olib borilgan nazorat ishlari natijasida gaz taʼminoti tizimiga noqonuniy ulangan alyumin eritish korxonasini aniqladilar.

“Trust-Smart Development” MCHJga qarashli bo‘lgan mazkur tashkilot tabiiy gazdan hech qanday hujjatlarsiz hamda shartnoma tuzmagan holda gaz tarmog‘iga noqonuniy ravishda ulanib olib alyumin eritish maqsadida tabiiy gazdan foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

O‘rnatilgan tartibda mutasaddi vakillar tomonidan dalolatnoma tuzildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra korxona 915 mln so‘mlik tabiiy gaz isteʼmol qilgani aniqlangan. Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar maʼmuriy tarzda chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.


Bu ham qiziq

YANGI QONUN LOYIHASI: noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqalishining oldini olish qanday amalga oshiriladi?

YANGI QONUN LOYIHASI: noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqalishining oldini olish qanday amalga oshiriladi?

Odamlarning kundalik hayotiga dezinformatsiya, feyk, troll va bot kabi tushunchalar chuqur kirib borar ekan, davlatlarning x…
11:03 / 16.05.2025
Endi yo‘llarni ta’mirlash kechqurun amalga oshiriladi

Endi yo‘llarni ta’mirlash kechqurun amalga oshiriladi

O‘zbekistonda 1-iyundan boshlab soat 07:00 dan 21:00 gacha shahar ko‘chalarida yo‘llarni ta’mirlash va yo‘l belgilarini qo‘l…
20:08 / 16.05.2025
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari…
21:45 / 15.05.2025
Ertaga may oyidagi eng yuqori harorat kuzatilishi mumkin

Ertaga may oyidagi eng yuqori harorat kuzatilishi mumkin

Ertaga poytaxtda so‘nggi 170-yillikdagi may oyida hech qachon kuzatilmagan eng yuqori harorat rekordi yangilanishi mumkin.
22:40 / 15.05.2025
16-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

16-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 39-41 daraja bo‘ladi.
03:52 / 16.05.2025
Afg‘oniston Imom Buxoriy majmuasi uchun O‘zbekistonga Hirot marmarini hadya qildi

Afg‘oniston Imom Buxoriy majmuasi uchun O‘zbekistonga Hirot marmarini hadya qildi

Afg‘oniston Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy majmuasini tugatish uchun O‘zbekistonga 16 yuk mashinasi Hirot marmarini had…
18:06 / 14.05.2025
AQSh Qatar bilan 1,2 trillion dollardan ortiq qiymatdagi kelishuvga erishdi

AQSh Qatar bilan 1,2 trillion dollardan ortiq qiymatdagi kelishuvga erishdi

“Gap hamkorlik bitimlari haqida bormoqda.  Mazkur bitimlar “Amerikani yangi oltin davr” sari olib boradi”, – deyiladi Oq uy …
08:24 / 15.05.2025
Toshkentda metan “zapravka” 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Toshkentda metan “zapravka” 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi. Bu haqda …
09:32 / 17.05.2025
Sergelidagi do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi

Sergelidagi do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi

Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 10:21 da yong‘inga yetib borib, yong‘in soat 11:00 da qurshab olingan va soa…
11:41 / 15.05.2025
O‘zbekistonda ayrim yo‘l belgilar o‘rnatilishi qayta ko‘rib chiqiladi

O‘zbekistonda ayrim yo‘l belgilar o‘rnatilishi qayta ko‘rib chiqiladi

O‘zbekistonda “To‘xtash taqiqlangan” va “To‘xtab turish taqiqlangan” yo‘l belgilarining maqsadga muvofiq o‘rnatilganligi nuq…
20:04 / 16.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!