“Milan” klubi hamda Shvetsiya terma jamoasi hujumchisi Zlatan Ibrahimovich futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida gapirdi.
“Men faoliyatimni qachon yakunlashim borasida hali o‘ylab ko‘rmadim. Aksincha, imkon qadar uzoqroq oʻynash va futboldan ketish haqida oʻylamaslikni xohlayman.
Bundan keyinchalik afsuslanib yurish meni qayg‘uga soladi. Hozirda oʻz ustimda ishlashni davom ettirmoqdaman. Jamoamga kerak ekanman, oʻynashda davom etaman”, - deydi Ibrahimovich.
Ma’lumot uchun, Zlatan joriy mavsum A Seriyada 6 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!