Sovuq suv jo‘mragi nima uchun hamisha o‘ng tomonda bo‘lishi kerak? Ba’zi hollarda odamlar uni noto‘g‘ri joylashtirib qo‘yishlari ham mumkin.
Bugungi kunda butun dunyodagi sovuq suv jo‘mraklari o‘ng tomonga joylashtiriladi. Bu, albatta, juda yaxshi. Chunki qaysi tomonda qanday suv joylashganligini bilish, har qanday vaziyatda qo‘l keladi. Ya’ni, yer yuzida ko‘pchilik o‘naqay, shuning uchun ham sovuq suv buragichi o‘ng tomonga joylashtiriladi. Nega aynan sovuq suv? Sababi, odam shoshib kelib jo‘mrakni burab yuborganida qo‘li kuymaydi. Agar issiq suv kerak bo‘lsa, keyin yoqib olaveradi.
Bundan tashqari СНиП III-28-75 qoidasiga ko‘ra, issiq suv quvurlari chap tomonda joylashgan bo‘ladi.
Aytgancha, ba’zi jo‘mraklarda issiq suv bolalarga xavf solmasligi uchun buragichiga maxsus qulf o‘rnatiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!