Bugun Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida baxtsiz hodisaning oldi olindi. Soat 13:47 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi navbatchilik qismiga “Saksonota” mahallasidagi xonadonlardan birida qarovsiz qolgan 5 yoshli bola chuqurga o‘rnatilgan quvur ichiga tushib ketgani haqida xabar kelib tushdi.Xabar olingach, Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, maxsus asbob-uskunalar yordamida qisqa vaqt ichida bolani quvur ichidan sog‘-salomat olib chiqishdi hamda tibbiyot xodimlariga topshirishdi.
Shifokorlarning ma’lum qilishicha, bolaning ahvoli yaxshi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!