Kichik biznes uchun e’lon qilingan yangi yengilliklar tadbirkorlar tomonidan iliq kutib olinmoqda.
Ko‘p yillardan buyon biznes vakillari QQSga o‘tishdagi 1 milliard so‘mlik chegara pastligi, murakkab soliq tizimi hamda ortiqcha tekshiruv va hisobotlar faoliyatni qiyinlashtirayotganini aytib kelardi. Natijada ayrim tadbirkorlar biznesini sun’iy ravishda bo‘lishga majbur bo‘layotgan edi.
Prezident farmoniga ko‘ra, endilikda ushbu chegara 5 milliard so‘mgacha oshiriladi. Bu esa minglab oilaviy korxonalar, kafelar, do‘konlar va xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Shuningdek, hujjatda soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish, tekshiruvlarni qisqartirish va biznes uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan yana bir qator muhim choralar ham belgilangan.
Saida Mirziyoyeva bu borada o‘z kanalida fikr bildirib, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash iqtisodiyot barqarorligi, yangi ish o‘rinlari yaratish va tadbirkorlarning erkin faoliyat yuritishi uchun muhim qadam ekanini ta’kidladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!