$
12586.41 UZS
54.63
160.42 UZS
0.6
14758.82 UZS
220.7
34° Kechasi 22°

Lavlagini 5 daqiqada pishirish siri

09:39 / 29.04.2020

Xilma-xil salatlar tayyorlash jarayonida eng ko‘p vaqtni lavlagi olishi barcha bekajonlarga tanish. Lavlagini me’yorida pishirib olish uchun ba’zan ikki yoki uch soat ham kamlik qiladi. Shu sababdan ayollarda lavlagili salat tayyorlash fikri tug‘ilganda, bir kun avval ishga kirishishni boshlaydi. 

Oshxonada tun-u kun yangilik va yengillik yaratishdan charchamaydigan xonimlar navbatdagi ixtironi amalga oshirdi. Unga ko‘ra, endi lavlagi pishirishga soatlab vaqt sarflamaslik mumkin.  

Albatta, bu bir necha bosqichdan iborat:
1.
Lavlagini tayyorlash. Pishirish uchun o‘rtacha kattalikdagi lavlagilarni tanlab oling. Suv bilan yaxshilab yuvilgandan so‘ng, ularning ildizpoyalarini kesib oling.

2. Lavlagini qadoqlash. Mikroto‘lqinli pechda mahsulotlarni pishirish asosan, polietilen idishda amalga oshiriladi. Buning uchun maxsus pishiriq qadoqlash paketidan ham foydalanish mumkin. Lavlagini ana shunday paketlarga soling va bog‘lang.

3. Xavfsizlik choralari. Pichoq yordamida qadoqlangan lavlagi paketining bir nechta qismini teshib chiqing. Sababi, yig‘ilgan havo hisobiga paket yorilib ketishi mumkin, teshikchalar esa bunga yo‘l qo‘ymaydi. Buni aslo unutmang.

4. Lavlagini pishirish. Mikroto‘lqinli pech ichiga qadoqlangan lavlagilarni joylab, eng yuqori haroratni 5 daqiqa vaqtga mo‘ljallab o‘rnating.

5. Pishish vaqti lavlagi hajmiga bog‘liq. Agar lavlagi hajmi yirik bo‘lsa, pishirish uchun taxminan 10 daqiqa ketadi. Lavlagilar kichikroq bo‘lsa, mikroto‘lqinli pechning vaqtini 5 daqiqaga sozlang va tekshirib ko‘ring. Tekshirish jarayonida ehtiyot bo‘ling, qadoqlar juda issiq bo‘lishi tayin.

6. Lavlagini sovutish. Tayyor bo‘lgan lavlagilar katta harorat ostida pishgani uchun sovishi biroz qiyin bo‘ladi. Bu jarayonni tezlashtirishning yo‘li esa pishgan lavlagilarni sovuq suvga solib qo‘yishdir. 

Shunday qilib juda tez fursatda lavlagilar hozir-u nozir. Ko‘rib turganingizdek, hammasi oddiy va oson. Shuningdek, lavlagi tarkibidagi barcha foydali moddalar o‘zida saqlanib qoladi. Bunday foydali maslahatlarga amal qilish ham vaqtingizni, ham naqdingizni tejaydi. 


Bu ham qiziq

Mo‘g‘ulistonda Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Mo‘g‘ulistonda Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Davlatimiz rahbarining Mo‘g‘ilistonga davlat tashrifi davom etmoqda.
17:17 / 24.06.2025
Urganch shahar prokuraturasi tergovchisi pora bilan ushlandi

Urganch shahar prokuraturasi tergovchisi pora bilan ushlandi

Hozirda tergovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
11:02 / 25.06.2025
28-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

28-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 28-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulut…
17:59 / 27.06.2025
“Bo‘zsuv” kanaliga tushib ketgan erkak qutqarildi

“Bo‘zsuv” kanaliga tushib ketgan erkak qutqarildi

Xabarga asosan, zudlik bilan aytilgan manzilga bir guruh qutqaruvchilar yetib borib, fuqaroni sog‘-salomat qutqarib olishgan.
10:39 / 28.06.2025
26-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

26-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

26-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan s…
14:41 / 25.06.2025
Sergelida Spark yonib ketdi

Sergelida Spark yonib ketdi

Xabarga ko‘ra, yong‘in oqibatida jabrlanganlar bo‘lmagan.
11:27 / 25.06.2025
Banklarni sanatsiya qilish va tugatish tartibi belgilandi

Banklarni sanatsiya qilish va tugatish tartibi belgilandi

Markaziy bank banklarni sanatsiya qilish va tugatish sohasidagi vakolatli davlat organi bo‘ldi.
09:59 / 25.06.2025
Urganchda shoqollar yurgani yuzasidan ma’lumot berildi

Urganchda shoqollar yurgani yuzasidan ma’lumot berildi

Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi bunga rasmiy munosabat bildirdi.
09:53 / 28.06.2025
Toshkent Shimoliy vokzali yaqinidagi tunnelda Gentra yonib ketdi

Toshkent Shimoliy vokzali yaqinidagi tunnelda Gentra yonib ketdi

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar bo‘lmagan.
12:39 / 26.06.2025
Andijonda erkak mototsiklchilarga pichoq bilan tahdid qildi

Andijonda erkak mototsiklchilarga pichoq bilan tahdid qildi

Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
18:03 / 24.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!