$
12758.36 UZS
-19.76
163.34 UZS
-0.67
14820.11 UZS
-111.12
38° Kechasi 24°

Til – salomatlik ko‘zgusi. U qanday kasalliklarni “fosh qiladi”?

10:37 / 28.02.2020

Ko‘zdan kechirish teri rangini tekshirishdan tashqari bemorning ruhiy holatini, uning tana tuzilishini, qad-qomatini, sezgi a’zolarining holatini o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Bunda asosiy e’tibor tilni tekshirishga qaratiladi.

Tildagi o‘zgarishlarga qarab ichki a’zolar holati, ularda kasallikning mavjudligi va darajasini aniqlash mumkin bo‘ladi. Sog‘lom odamning tili yumshoq, ixcham, harakatchan va och pushti rangda bo‘ladi. Tilning harakatchanligi sustlashsa, demak, jiddiy kasallanganlikdan dalolat bo‘ladi. Tilning oqarishi qon va hayot quvvatining kamchiligini ko’rsatadi. Tilning qorayishi isitma alomati, tilda nuqtadek-nuqtadek qontalashlar paydo bo‘lsa, qon dimlangan bo‘lishi mumkin. Til oqarib, shishsa, tish izlari qolsa, bu bemorning quvvatsizligini va shamollaganini bildiradi.   

Zamonaviy tibbiyot ham ko‘pgina kasalliklarning tilda aks etishini tasdiqlaydi. Masalan, miyaga qon quyilishi natijasida kelib chiqadigan falajlikda til ostidagi mushaklar falajlanadi va tilni chiqarganda o‘sha tomonga tortishadi. Qizilchada (skarlatina) tilning yuzasi, odatda, mayda-mayda donador maymunjon mevasiga o‘xshaydi. 
Kamqonlik, buyraklarning surunkali yallig‘lanishi va ich ketishda (diareya) til tiniq bo‘ladi. Har xil yallig‘lanishlarda til qizaradi. Jigar, yurak va har xil o‘sma kasalliklarda til tiniq binafsha rangga kiradi. Shuningdek, oq qon kasalligida tilda yarachalar paydo bo‘lishi mumkin. Sariq kaslligida tilning yonlarida sariq tizimchalar paydo bo‘ladi.
So‘nggi paytlarda jahon shifokorlari tilning holatiga katta e’tibor bermoqdalar. Germaniyalik olimlar jigar serrozida, ko‘pincha tilda ortiqcha qon to‘planib, shishib ketishini va ko‘karishini aniqlagan. Ko‘rinib turibdiki, zamonaviy tibbiyot vakillari ham tilning holati ko‘pgina kasalliklarga aloqador bo‘ladi, deb hisoblaydilar.

Yulduz Normamadova tayyorladi


Bu ham qiziq

G‘afur G‘ulom va Oybek uy-muzeylarida mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi

G‘afur G‘ulom va Oybek uy-muzeylarida mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi

Ushbu qaror ekspertlar kengashining navbatdagi yig‘ilishida qabul qilindi
22:36 / 15.07.2025
Rossiya Ukrainaning uchta shahriga hujum qildi

Rossiya Ukrainaning uchta shahriga hujum qildi

Ma’lumotlarga ko‘ra, yetti nafar jabrlanganlardan besh nafariga kuyish tashxisi qo‘yilgan.
11:59 / 16.07.2025
O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda qaysi davlatlarga safar qilmoqda?

O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda qaysi davlatlarga safar qilmoqda?

Hamyurtlarimiz eng ko‘p sayohatni qaysi davlatga amalga oshirgan?
19:55 / 16.07.2025
O‘zbekiston kelasi yili yirik sport tadbiriga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston kelasi yili yirik sport tadbiriga mezbonlik qiladi

Mazkur tadbir Osiyo sporti uchun muhim ahamiyatga ega
20:33 / 16.07.2025
Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi

Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi

“Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident f…
10:08 / 16.07.2025
“Prava” olib berishni va’da qilgan PPX inspektori ushlandi

“Prava” olib berishni va’da qilgan PPX inspektori ushlandi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
09:23 / 17.07.2025
Isroil Suriya janubiga zarba berdi

Isroil Suriya janubiga zarba berdi

BBC xabariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda Suriyaning, asosan, druzlar istiqomat qiladigan hududlarida badaviy qabilalar hamda mah…
12:58 / 16.07.2025
Respublikada o‘rnatilgan 11,4 mingta liftning texnik sinovdan o‘tkazilmagan

Respublikada o‘rnatilgan 11,4 mingta liftning texnik sinovdan o‘tkazilmagan

Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Axborot xizmati rahbari Raufjon Rasulov ma’lum qildi
21:25 / 15.07.2025
Rossiyada muhojirlarning pul o‘tkazmalariga cheklov kiritish taklif qilindi

Rossiyada muhojirlarning pul o‘tkazmalariga cheklov kiritish taklif qilindi

Rasmiylar mehnat muhojirlari uchun davlat bojini oshirish va kengaytirish masalasini ham muhokama qilmoqda.
10:22 / 16.07.2025
Qashqadaryodagi “zapravka”da yong‘in sodir bo‘ldi

Qashqadaryodagi “zapravka”da yong‘in sodir bo‘ldi

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:45 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in 15:35 da bartaraf etilgan.
16:11 / 16.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!