Har qanday holatda ham odob-axloq me'yorlariga rioya qilish insonga hurmat-izzat keltiradi. Jumladan, samolyotda parvoz qilishning ham o‘ziga yarasha qoidalari bo‘lib, bu qoidalar bilan tanishib qo‘ysangiz foydadan xoli bo‘lmaydi.
Chetgi o‘rindiq: yo‘lak bilan yonma-yon joylashgan o‘rindiq oyog‘i uzun yo‘lovchilar uchun qulay. Lekin bu yerda o‘tirgan odam ikki-uch marta yonida o‘tirgan yo‘lovchini o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keladi. Chetgi o‘rindiqda o‘tirgan bo‘lsangiz sizni o‘n marta bezovta qilishsa ham xotirjamlikni saqlang. Balki yoningizda o‘tirgan yo‘lovchi hojatxonaga tez-tez borishga majbur bo‘luvchi bemordir.
Kampirsho va chamadon: boshingiz tepasidagi bo‘lmalar qo‘l yuklarini solib qo‘yish uchun qulay. Faqat yukingiz og‘ir bo‘lmasa. Qo‘lida og‘ir yuki bo‘lgan kampir mabodo yukini yuqori bo‘lmaga qo‘ymoqchi bo‘lsa, uni ko‘rmaganga olib o‘tirish o‘rniga yordamlashing.
Navbatga rioya qiling: samolyotga chiqayotganlarni kuzatganmisiz? Samolyot hech qayoqqa uchib ketmayapti, hamma yo‘lovchilar chiqsagina uchib ketadi. Lekin yo‘lovchilar xuddi qolib ketadigandek bir-birlarini turtib-surtib, samolyotga chiqib olishga urinishadi. Siz chiqmaguningizcha samolyotingiz uchib ketmaydi, navbatga rioya qiling.
Paypoq: uzoq vaqt parvoz qilganda poyabzalni yechish noqulay. Lekin yechmasangiz ham bo‘lmaydi. Parvozdan oldin toza paypoq kiyishni unutmang.
Xuddi uydagidek: samolyotda xuddi uydagi kabi film tomosha qilishingiz, uxlashingiz, ovqatlanishingiz yoki biror narsa o‘qishingiz mumkin. Lekin unutmang: samolyot uyingiz emas. Baqirib kulish, qo‘shiq aytish, hushtak chalish atrofingizdagilarning g‘ashiga tegishi mumkin.
Kerakli buyumlar: zerikmaslik uchun o‘zingiz bilan planshet, musiqa tinglash uchun go‘shak, parvoz davomida kerak bo‘ladigan narsalarni sumkangizdan birato‘la chiqarib oling. Har besh daqiqada kerakli buyumni olish uchun o‘rningizdan turib yuk bo‘lmasidagi sumkangizni kavlash yoningizdagilarga noqulaylik tug‘dirishi mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!