$
12892.91 UZS
34.76
160.34 UZS
0.63
14512.26 UZS
6.98
35° Kechasi 21°

“Ispanka”, “Qora o‘lat” va “OITS”: Tarixda yana qaysi kasalliklarga pandemiya e’lon qilingan?

15:17 / 02.04.2020

2020-yil 11-mart kuni Jahon Sog‘liqni saqlash Tashkiloti koronavirus pandemiyasini e’lon qildi. Tashkilot rahbari Tedros Adanom Gebreyesusning bayonotiga ko‘ra, o‘sha paytda koronavirus aniqlangan davlatlar uch barobarga ko‘payib, 114 taga yetgan edi. Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tahlikali tus olgach, kasallik pandemiya darajasiga chiqqani ma’lum qilindi. 

Qaysi kasalliklar pandemiyaga olib kelgan?
Yangi kasallik dunyo miqyosida tarqalib, unga qarshi aholining ko‘p qismida immunitet mavjud bo‘lmasa, Jahon sog‘liqni saqlash Tashkiloti tomonidan pandemiya e’lon qilinadi. Kasallik biror mamlakat hududida faol tarqalsa epidemiya, boshqa mamlakatlar hududida ham urchib ketsa, pandemiya darajasiga chiqqan bo‘ladi.

Mana shu bosqichlarga ko‘ra, O‘rta asrlarda tarqalgan qora o‘lat (o‘lim soni 40 foiz), 541-750-yillar oralig‘ida tarqalgan “Yustinianov vabosi” (Sharqda 66 mln. kishi, Yevropada esa 25 mln. kishi o‘lgan), Yevropada 1346-1348-yillarda tarqalgan “Qora o‘lim” vabosi (dunyo bo‘yicha 25 mln. kishi o‘lgan), 1918-1919-yillarda “Ispanka” nomini olgan Ispaniya grippi (550 mln. kishi, ya’ni Yer yuzining 30 foiz aholisi qirilib ketgan) pandemiya maqomini olgan.

XIX asr boshlaridan buyon Yer yuzida yettita bezgak pandemiyasi sodir bo‘lgan. Eng oxirgisi 1961-yil Indoneziyada avj olgan edi. 1966-yilda esa sobiq SSSR davlatlariga qadar kirib kelib, o‘zining avj nuqtasiga 1970-yilda chiqqan. Ayrim olimlarning fikrlariga ko‘ra, mazkur pandemiya hozirgi kunda ham davom etmoqda. 1992-yilda Bangladeshda bezgakning yangi to‘lqini aniqlangan. Oxirgi vaqtlarda yangi shtammdagi virus zarrachalari Osiyoning bir qator nuqtalari hamda Afrikada ham aniqlangan. XXI asrda bezgak kasalligi dunyoning 53 ta mamlakatida qayd etildi. Ulardan eng so‘nggisi 2018-yilning sentabr oyida Zimbabvening Xarare shahrida.

2009-2010-yillarda “AH1N1” cho‘chqa grippi pandemiyasi e’lon qilingan. Kasallik birinchi marta 2009-yilda Mexiko shahrida qayd etilgandi. 11-iyun kuni JSST oltinchi, maksimal darajadagi pandemiya xavfini ma’lum qildi. Mazkur pandemiya 2010-yil avgust oyida yakunlandi. 1,5 yil ichida cho‘chqa grippi bilan kasallanganlar soni 222 ming kishini tashkil qildi. O‘lganlar soni esa 1906 kishi. Rossiyada esa 1896 ta kasallanish holati qayd etildi, 14 kishi esa vafot etgan.

Koronavirus hamda bezgak virusidan tashqari hozirgi kunda OITS pandemiyasi ham hukm surmoqda. 1981-yilda u 32 mln.dan ortiq kishini hayotdan olib ketdi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yil oxirida 37,9 mln. kishi OITS bilan kasallangani qayd etilgan.


Bu ham qiziq

Qashqadaryoda 3 nafar advokat pora bilan ushlandi

Qashqadaryoda 3 nafar advokat pora bilan ushlandi

Qashqadaryoda DXX va Bosh prokuratura Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilga…
09:36 / 21.05.2025
O‘zbekistonga Tojikistondan olib kirilgan 26 kg.dan ortiq giyohvand moddalar musodara qilindi

O‘zbekistonga Tojikistondan olib kirilgan 26 kg.dan ortiq giyohvand moddalar musodara qilindi

Toshkent viloyati Bojxona qo‘mitalari va Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) bilan hamkorlikda o‘tkazilgan keng qamrovli maxsus …
15:18 / 20.05.2025
Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi

Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi

Amaliy hamkorlik barcha yo‘nalishlarda izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Parlamentlar, hukumatlar,…
21:08 / 20.05.2025
Butun Ispaniya mobil aloqa va internetsiz qoldi

Butun Ispaniya mobil aloqa va internetsiz qoldi

Butun Ispaniya hududida uyali aloqa tarmoqlari ishlamay qoldi. Mamlakat internet va uyali aloqasiz qoldi.
20:24 / 20.05.2025
21-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

21-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 35-37 daraja bo‘ladi.
22:06 / 20.05.2025
“Oltin gumbaz” bizni 100 foiz himoya qiladi” – Donald Tramp

“Oltin gumbaz” bizni 100 foiz himoya qiladi” – Donald Tramp

“Bu supertexnologiya dunyoda faqat bizda bor. “Oltin gumbaz” havo hujumidan mudofaa tizimini ishga tushirish taxminan 175 mi…
11:58 / 21.05.2025
Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat tashkil qilinadi

Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat tashkil qilinadi

Farmonga ko‘ra, maktabda o‘quv jarayoni 2025/2026-o‘quv yilidan boshlanadi.
11:24 / 21.05.2025
20-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

20-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 31-33 daraja bo‘ladi.
00:04 / 20.05.2025
Jahon banki O‘zbekistonga 35 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratadi

Jahon banki O‘zbekistonga 35 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratadi

Jahon banki Ijrochi direktorlar kengashi O‘zbekistonga 35 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratishni ma’qulladi. Bu ha…
19:36 / 20.05.2025
Eski liftlarni yangilash uchun 850 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi

Eski liftlarni yangilash uchun 850 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi

Mazkur maqsadlarni amalga oshirish uchun mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan jami 854,6 milliard so‘m ajratilishi belgila…
10:19 / 20.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!