$
12114.97 UZS
40.69
162.07 UZS
1.21
14260.53 UZS
41.86
31° Kechasi 18°

Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi

21:08 / 20.05.2025

“Karmelita” saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning tor doiradagi va rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston-Vengriya strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston rahbari Vengriya yetakchisiga Budapesht shahrida O‘zbekiston delegatsiyasiga ko‘rsatilayotgan samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi.

Amaliy hamkorlik barcha yo‘nalishlarda izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Parlamentlar, hukumatlar, idora va hududlar darajasida samarali aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. BMT, Turkiy davlatlar tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida yaqin hamkorlik qilinmoqda.

O‘zaro savdo hajmi ortmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yetakchi korxonalarning kooperatsiyasi kuchaymoqda.

Tovar ayirboshlash hajmini, shu jumladan import o‘rnini bosish va "GSP+" maqomi hisobiga birinchi bosqichda 500 million yevroga yetkazish muhimligi qayd etildi.

Shu maqsadda laboratoriyalar Yevropa Ittifoqi talablariga muvofiq akkreditatsiyadan o‘tkaziladi, tovarlarni oldindan sertifikatlash dasturi va eksport qiluvchi kompaniyalarga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shma platforma ishga tushiriladi.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda qo‘shma investisiya loyihalari portfeli 500 million dollarni tashkil etadi. Bu galgi tashrif uchun yana 1,5 milliard yevrolik yangi loyihalar tayyorlangan.

Vengriyaning “OTP” banki O‘zbekiston moliya bozoriga chiqqani Vengriya va Yevropa biznesi uchun kuchli rag‘bat bo‘lgani ta’kidlandi. Bank bilan moliyalashtirish vositalarini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Avtokreditlashni rivojlantirish uchun qo‘shma kompaniya tashkil etish va biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturini ishga tushirish shular jumlasidan. Sirdaryo viloyatida parrandachilik klasterini tashkil etish ham faol bosqichda.

Ertalab ishbilarmon doiralar vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, avtomobil yo‘llari va logistika markazlarini qurish, kommunal tarmoqlarni rivojlantirish, tayyor to‘qimachilik mahsulotlari, qurilish materiallari, kimyoviy tovarlar, farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarish, raqamli texnologiyalar, baliqchilik kabi sohalarda yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Bunday ishlab chiqarishlarni O‘zbekistonda joylashtirish uchun Vengriyaning "Inpark" operatori boshqaruvida Yevropa kompaniyalari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilayotgani ta’kidlandi.

Umuman, joriy yil iyul oyida Budapesht shahrida bo‘lib o‘tadigan Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida Investisiyaviy sheriklik dasturini tayyorlash va qabul qilishga kelishib olindi.

Shuningdek, O‘zbekiston-Vengriya Ishbilarmonlar kengashi faoliyatini qayta tiklash va yaqin fursatda uning navbatdagi yig‘ilishini biznes vakillarining keng ishtirokida o‘tkazish taklif qilindi.

O‘tgan yil oktyabr oyida Qo‘qon shahrida o‘tgan birinchi Hududlar forumining samarali natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi. Hududlararo aloqalarni rag‘batlantirish maqsadida Vengriyada ikkinchi forumga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Ishbilarmonlik, turizm va madaniy almashinuvlarni faollashtirish maqsadida ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Madaniy-gumanitar sohadagi amaliy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘tgan yilning oktyabr oyida Lakitelek shahrida buyuk shoir Alisher Navoiy byusti ochildi. Joriy yilning yanvar oyida Budapeshtda O‘zbek kinosi kunlari o‘tkazildi.

Kelgusi yilni O‘zbekiston va Vengriya madaniyati yili deb e’lon qilish taklifi bildirildi. Vengriya davlat opera teatri sahnasida "Lazgi" baletini sahnalashtirish va Budapeshtdagi Etnografiya muzeyida o‘zbek madaniyati ko‘rgazmasini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Ta’lim almashinuvi bo‘yicha "Stipendium Hungaricum" dasturi doirasidagi hamkorlik davom ettiriladi. Shuningdek, ikki mamlakatda tan olinadigan diplomlar berish tizimini joriy etish va mamlakatimizda Vengriya oliy ta’lim muassasalarining filiallarini tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Shu ma’noda, joriy yilda Toshkent shahrida O‘zbekiston va Vengriya rektorlarining uchinchin forumini o‘tkazish taklif qilindi.

Yetakchilar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar. Terrorizm, ekstremizm, narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasi, odam savdosi va xavfsizlikka tahdid solayotgan boshqa zamonaviy xatarlarga qarshi kurashish borasidagi hamkorlikni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.

Erishilgan kelishuvlar ijrosi ustidan nazorat o‘rnatish maqsadida mutasaddi vazirliklarga qo‘shma "yo‘l xaritasi"ni tayyorlash topshirildi.

Uchrashuv yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir Viktor Orbanni javob tashrifi bilan O‘zbekistonga kelishni taklif etdi.


O‘zbekiston


														
														O‘zbekistonda soliq tushumlari 24 foizga oshdi

O‘zbekistonda soliq tushumlari 24 foizga oshdi

O‘zbekistonda 2026-yilning birinchi choragida soliq tushumlari 63,6 trillion so‘mni tashkil etdi.
12:42 / 10.05.2026

														
														O‘zbekistonda Ma’muriy javobgarlik kodeksi yangilanadi

O‘zbekistonda Ma’muriy javobgarlik kodeksi yangilanadi

O‘zbekistonda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks yangi tahrirda ishlab chiqiladi.
09:41 / 10.05.2026

														
														Oziq-ovqat mahsulotlari narxi ketma-ket uch oy oshdi

Oziq-ovqat mahsulotlari narxi ketma-ket uch oy oshdi

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari narxi ketma-ket …
19:05 / 09.05.2026

														
														Toshkentda o‘yinchoq avtomobilda yo‘lga chiqqan bolaga nisbatan holat yuzasidan chora ko‘rildi

Toshkentda o‘yinchoq avtomobilda yo‘lga chiqqan bolaga nisbatan holat yuzasidan chora ko‘rildi

Toshkent shahrining Bektemir tumanida voyaga yetmagan bola o‘yinchoq avtomobilda katta yo‘lga chiqib, harakatdagi transport …
15:20 / 09.05.2026

														
														Saida Mirziyoyeva Ikkinchi jahon urushi xotirasi haqida fikr bildirdi

Saida Mirziyoyeva Ikkinchi jahon urushi xotirasi haqida fikr bildirdi

Xotira va qadrlash kunida biz tariximizning eng fojiali, shu bilan birga qahramonona sahifalaridan birini yodga olamiz.
13:23 / 09.05.2026

														
														Oʻzbekiston xalqiga bayram tabrigi

Oʻzbekiston xalqiga bayram tabrigi

Qadrli vatandoshlar! Siz, azizlarni, koʻp millatli butun xalqimizni qutlugʻ ayyom – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinch…
11:59 / 09.05.2026

														
														Navoiydagi “Media haftalik” milliy media rivojida muhim platformaga aylandi

Navoiydagi “Media haftalik” milliy media rivojida muhim platformaga aylandi

Navoiy viloyatida bir necha kun davom etgan “Media haftalik” loyihasi yakunlandi. Haftalik doirasida tashkil etilgan Media f…
10:36 / 09.05.2026

														
														9-may kuni uchun ob-havo ma’lumoti

9-may kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
19:12 / 08.05.2026

														
														Toshkentda Xalqaro migratsiya forumi bo‘lib o‘tadi

Toshkentda Xalqaro migratsiya forumi bo‘lib o‘tadi

2026-yil 18–19-may kunlari Toshkent shahrida “Mehnat migrantlari va ularning oila a’zolarining ijtimoiy-huquqiy himoyasi” ma…
17:40 / 08.05.2026

														
														Jarima ballari 12 tadan oshgan haydovchilar soni 49 nafarga yetdi

Jarima ballari 12 tadan oshgan haydovchilar soni 49 nafarga yetdi

Ularning ishlari sudga yuborilgan. Yana 132 nafar haydovchining jarima ballari 8 tadan oshgani ma’lum qilindi.
15:04 / 08.05.2026

Bu ham qiziq

Toshkent avtobuslarida 7-maydan konditsionerlar yoqila boshlandi

Toshkent avtobuslarida 7-maydan konditsionerlar yoqila boshlandi

“Toshshahartransxizmat” matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 7-maydan boshlab Toshkent shahridagi avtobuslarda konditsione…
15:02 / 07.05.2026
yangi elektrlashtirilgan temir yo‘l qurilishi boshlandi

yangi elektrlashtirilgan temir yo‘l qurilishi boshlandi

“Nurafshon – Piskent – Bo‘ka – Bekobod – Boyovut – Yangiyer” yo‘nalishida yangi elektrlashtirilgan temir yo‘l tarmog‘i quril…
15:40 / 07.05.2026
O‘zbekiston MTJga yangi murabbiy qo‘shildi

O‘zbekiston MTJga yangi murabbiy qo‘shildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabiga yangi mutaxassis qo‘shildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyas…
17:29 / 07.05.2026
Obama: “Agar o‘zga sayyoraliklar bo‘lganida, bu sir qolmasdi”

Obama: “Agar o‘zga sayyoraliklar bo‘lganida, bu sir qolmasdi”

AQShning sobiq prezidenti Barak Obama hukumat o‘zga sayyoraliklar bilan bog‘liq ma’lumotlarni uzoq vaqt sir saqlab qola olma…
09:47 / 07.05.2026
9-may kuni uchun ob-havo ma’lumoti

9-may kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
19:12 / 08.05.2026
O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylaridan 60 nafari qolgan

O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylaridan 60 nafari qolgan

O‘zbekistonda ayni paytda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda ularga tenglashtirilgan jami 60 nafar faxriy istiqomat …
11:07 / 07.05.2026
Davlat mulki, elektr va yer bilan bog‘liq korrupsiya holatlari fosh etildi

Davlat mulki, elektr va yer bilan bog‘liq korrupsiya holatlari fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar …
10:34 / 07.05.2026
Isroilda hantavirus bilan kasallanishning ilk holati aniqlandi

Isroilda hantavirus bilan kasallanishning ilk holati aniqlandi

Isroilda hantavirus bilan kasallanishning birinchi holati qayd etildi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.
10:12 / 08.05.2026
Toshkentda o‘yinchoq avtomobilda yo‘lga chiqqan bolaga nisbatan holat yuzasidan chora ko‘rildi

Toshkentda o‘yinchoq avtomobilda yo‘lga chiqqan bolaga nisbatan holat yuzasidan chora ko‘rildi

Toshkent shahrining Bektemir tumanida voyaga yetmagan bola o‘yinchoq avtomobilda katta yo‘lga chiqib, harakatdagi transport …
15:20 / 09.05.2026
O‘zbekistonda soliq tushumlari 24 foizga oshdi

O‘zbekistonda soliq tushumlari 24 foizga oshdi

O‘zbekistonda 2026-yilning birinchi choragida soliq tushumlari 63,6 trillion so‘mni tashkil etdi.
12:42 / 10.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!