So‘nggi qo‘ng‘iroq maktabni bitirayotgan o‘quvchilarning an’anaviy bayrami bo‘lib, u O‘zbekiston va boshqa MDH mamlakatlarida 25-may sanasida, o‘quv yilining tugashi munosabati bilan nisonlanadi. Bayram bitiruv imtihonlaridan avval, ota-onalar ishtirokida o‘tkaziladi.
So‘nggi qo‘ng‘iroq Rossiya, Belarus, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va boshqa bir qancha mamlakatlarda 22-25-may kunlari nishonlanib kelinadi. Bitiruv oqshomlari esa odatda, iyun oylarida bitiruv imtihonlaridan keyin nishonlanadi. Bu esa, 21-25-iyun sanalariga to‘g‘ri keladi. Boshqa mamlakatlarda esa, o‘quv dargohini tamomlaganligi va o‘quv yili tugaganligiga qarab, bitiruv kechalari o‘tkaziladi.
So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbiriga bitiruvchi o‘quvchilar maktab formasida kelishadi. Bitiruv kechasidan farqli o‘laroq, so‘nggi qo‘ng‘iroq kunida bitiruvchilar “Bitiruvchi – 2020” yoki shu kabi yozuvli lenta va kichik qo‘g‘iroqchalar taqishadi.
Bitiruvchilar maktab bilan vidolashib turli xil qo‘shiqlar ijro etishadi, osmonga kabutar va sharlar uchirishadi. O‘zbek maktablarida ko‘p hollarda Ravshan Sobirov va “Setora” guruhi ijro etgan “Xayr maktabim” qo‘shig‘ini aytishadi. Ushbu ashula barcha maktablarda bitiruvchilar madhiyasi kabi yangraydi.
So‘nggi qo‘ng‘iroqning eng qiziqarli an’analaridan yana biri maktabni bitirayotgan o‘quvchi yigitlardan biri maktab qo‘ng‘irog‘ini maktabga endi qadam qo‘ygan birinchi sinf o‘quvchilariga topshiradi. Keyin esa birinchi sinf o‘quvchilaridan biri davra bo‘ylab bitiruvchilarning so‘nggi qo‘ng‘iroqlarini chalib beradi. Quyida sizga bayram shukuhini baxsh etuvchi video, ashula va rasmlarni taqdim etamiz.
O‘ylaymizki, ushbu kun yoshlikdagi rasm va videolaringizni izlab, maktab xotiralani yod olishingizga sabab bo‘ladi.
Guljahon Sanjarbekova
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!