Kitob oʻqishning foydasi biz oʻylagandan ham koʻproq ekanligini bilamiz. Ammo, oʻqigan kitoblaringizdan imkon qadar koʻp foyda olish uchun mutolaaga oddiy mashgʻulot sifatida qaramaslik kerak.
1. Sizga foyda keltira oladigan kitoblar oʻqing.
“Microsoft” kompaniyasi asoschisi Bill Geyts bir yilda oʻrtacha 50 ta kitob oʻqiydi. Bu haftada bitta kitob mutolaa qilishga teng degani. U vaqti-vaqti bilan badiiy romanlar ham oʻqishi mumkin, biroq kitob tanlashda asosiy eʼtiborni unga koʻproq bilim bera oladigan asarlarga qaratadi.
2. Dedlaynlar bilan ishlang
Mutolaadan uzoqlashishga sabab boʻladigan asosiy narsalardan biri – intizomsizlikdir. Shu sababli bitta kitobni oʻqib tugatish uchun oʻzingizga dedlayn belgilang. Bu masalada shaxsiy chellenjlar ham yordam berishi mumkin. Shu oʻrinda “Facebook” rahbari Mark Sukerberg tomonidan oʻtkazilgan “A Year of Books” chellenjini yodga olsangiz kifoya.
3. Oʻqish uchun yetarlicha vaqt ajrating
Jurnalistlardan biri Ilon Maskdan u qanday qilib raketalar yarata boshlagani haqida soʻraganda, tadbirkor unga “Men kitob oʻqiyman” deb javob bergan. Ilon 10 yoshlik vaqtlarida oʻzida bir necha oʻn ming maqolani jamlagan ensiklopediyani toʻliq oʻqib tugatgan ekan. Mutolaaga boʻlgan bunday muhabbat esa besamar ketgani yoʻq, albatta.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!