$
12790.12 UZS
-4.9
130.03 UZS
-1.59
13936.11 UZS
42
18° Kechasi 12°

Arterial gipertoniya: haqiqat va uydirmalar

16:56 / 21.06.2021

Arterial gipertoniya zamonamiz odamlari orasida juda keng tarqalgan kasallik turlaridan biri. Shu sababli ham ushbu kasallikka doir uydirmalar soni koʻp ekanligidan hayratga tushmaslik mumkin. Yuqori qon bosimini davolash mumkinmi? Uni bir urinishda meʼyoriy holatga keltirib olsa boʻladimi? Buning uchun dori vositalarini qabul qilish yetarlimi yoki butun hayot tarzini oʻzgartirish talab etiladimi?

Gipertoniya – juda makkor kasallik. U bir qarashda sizni bezovta qilmaydi, ammo umr davomiyligini 10-20 yilga qisqartirib qoʻyadi. Bosh ogʻrigʻi, asabiylik, koʻngil aynishi aksariyat gipertoniklarni boshlangʻich bosqichlarda bezovta qiladi. Keyinchalik bunday holatlar xuruj boʻlmagan vaqtda ham kuzatiladi. Eng achinarlisi, gipertoniklarning atigi 40 foizigina oʻzlarida mana shu kasallikning borligidan xabardor boʻlishadi. Ularning 40 foizi esa kasallikka qarshi dori vositalarini qabul qiladi. Odamlar orasida keng tarqalgan boshqa kasalliklar kabi arterial gipertoniya haqida ham koʻplab uydirmalar kelib chiqqan.

1-uydirma. Arterial gipertoniyani davolash mumkin

Gipertoniya surunkali kasallik, uni butunlay davolash imkoni mavjud emas. Shu sababli gipertoniklar hamisha shifokor nazorati ostida boʻlishlari, kerakli dori vositalarini qabul qilib yurishlari kerak. Arterial gipertoniya insult, infarkt va buyrak faoliyati buzilishiga sabab boʻlishi mumkin. Shuningdek, yuqori qon bosimi koʻp hollarda oʻlimga ham sabab boʻladi.

2-uydirma. Agar qon bosimi meʼyoriy holatda boʻlsa, dori ichish shart emas

Arterial gipertoniyani davolash uchun doimiy ravishda dori vositalarini qabul qilib yurish kerak, ularni shifokorlar har bir bemor uchun maxsus qoʻllanma asosida tanlab berishadi. Ahvolning vaqtinchalik yaxshilanishi dori-darmon haqida unutishga sabab boʻlmasligi lozim.

3-uydirma. Arterial gipertoniya belgilari

Yuqori qon bosimining xavfli tomoni shundaki, uning ilk bosqichlarida odam oʻzini yaxshi his qilaveradi. Baʼzan koʻrish qobiliyati yomonlashishi, qoʻl-oyoqlar uvushib qolishi, nafas siqishi kabi belgilar koʻzga tashlanishi mumkin. Ammo, ular gipertoniya belgisi hisoblanmaydi, ular kasallikning rivojlanayotganidan darak beradi.

4-uydirma. Agar dori vositasi yordam bermasa, uni oʻzgartirish kerak

Bu oʻrinda har bir organizmning oʻziga xos ekanligini unutib qoʻymaslik lozim, sababi bir odam organizmi maʼlum dori vositasiga nisbatan boshqa odamdagiga nisbatan boshqacha taʼsir koʻrsatadi. Gipertoniklar dori-darmonlar bilan bir qatorda qon bosimi, tomir urushi va boshqa koʻrsatkichlar qayd etilgan kundalik yuritishlari kerak.

5-uydirma. Agar qon bosimi doimo baland boʻlsa meʼyoriy hayot tushunchasi bilan xayrlashish talab etiladi

Shifokor tavsiyalariga amal qilinganida kasallik asoratlaridan himoyalanish mumkin. Qon bosimi koʻp hollarda asab va endokrin tizimida jiddiy muammolar borligiga ham ishora qiladi. Shu sababli muolaja tayinlash uchun malakali mutaxassisga murojaat qilish tavsiya etiladi.


Bu ham qiziq

4-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

4-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s…
22:21 / 03.11.2024
Namanganda maktab o‘quvchilari yana avtohalokat sodir etdi

Namanganda maktab o‘quvchilari yana avtohalokat sodir etdi

Bu safar ham ular mashinani “Rentcar”dan ijaraga olgan bo‘lgan.
15:13 / 04.11.2024
Ramzan Qodirov qizini medal bilan mukofotladi

Ramzan Qodirov qizini medal bilan mukofotladi

“Respublika rahbari qo‘lidan “Checheniston Respublikasining Birinchi Prezidenti Axmat-Xajji Qodirov xotirasi” medalini olish…
20:51 / 03.11.2024
Isroil armiyasining G‘azodagi qurbonlari soni qancha?

Isroil armiyasining G‘azodagi qurbonlari soni qancha?

Isroil armiyasining matbuot xizmatining bayonot berishicha, G‘azo sektoriga hujum boshlanganidan beri Isroil armiyasining yo…
16:18 / 03.11.2024
Peruda futbolchi yashin urushi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi

Peruda futbolchi yashin urushi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi

Bu haqda TASS nashri xabar berdi.
14:11 / 04.11.2024
Dunyoda tuberkulyozga chalinish holatlari ortdi

Dunyoda tuberkulyozga chalinish holatlari ortdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tuberkulyoz kasalligi bo‘yicha yangi hisobotni eʼlon qildi.
14:30 / 03.11.2024
Buxoroda ona o‘z qiziga qizigan kapgirni bosib oldi

Buxoroda ona o‘z qiziga qizigan kapgirni bosib oldi

Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan alohida nazoratga olingan.
18:09 / 03.11.2024
Infarktdan so‘ng yurak faoliyatini tiklash yo‘li topildi

Infarktdan so‘ng yurak faoliyatini tiklash yo‘li topildi

Nature Cardiovascular Research xalqaro jurnalida inson tanasidagi GPNMB oqsili infarktdan keyin yurak to‘qimasi tiklanishi m…
11:56 / 04.11.2024
Metroning “Choshtepa” bekatida nosozlik sabab poyezd to‘xtab qolgan

Metroning “Choshtepa” bekatida nosozlik sabab poyezd to‘xtab qolgan

Hozirgi vaqtda yo‘nalishdagi poyezdlar belgilangan jadvalga asosan harakatlanmoqda.
10:18 / 04.11.2024
5-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

5-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 5-noyabr kuni havo biroz bulutli bo‘ladi…
22:46 / 04.11.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!