$
11899.09 UZS
1.19
₽
141.53 UZS
1.35
€
13298.42 UZS
-37.94
31° Kechasi 18°

“Avloniy” uchun 3 ta vokzal, 2 ta poyezd va bitta paroxod yasaldi 

13:58 / 10.12.2019

O‘zbek kino olamida ilk marotaba o‘zbek jadidlari haqida hikoya qiluvchi tarixiy kartina – “Avloniy” filmi suratga olindi. 

Ssyenariy mualliflari O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik va Muqaddas Usmonova. Film rejissyori Muzaffar Erkinov hamda yuzlab kadrorti kinoijodkorlarining mehnati mahsuli bo‘lgan ushbu film o‘zbek millatining yorug‘ kunlari uchun kurashgan ma’rifatparvar Turon farzandining mashaqqatlari, millatparvarlik orzulari, tuyg‘ularini o‘zida gavdalantiradi. Kartina voqealariga Tohir Malikning “Qaldirg‘och” asari motivi asos qilib olingan. Filmda Abdulla Avloniyning 1919-yilda Afg‘onistonga qilgan diplomatik safari haqida hikoya qilinadi.

Mamlakatda katta o‘zgarishlar ro‘y berayotgan davrda yashagan Avloniyning turlicha fikrlar, oqimlar, siyosiy tuzumlar o‘rtasidagi kurashlarga nisbatan kechgan ichki tuyg‘ulari, millatining kelajagi uchun qilgan harakatlari film asosini tashkil etadi.

Avloniy – keng qamrovli inson. U – shoir, dramaturg, murabbiy, ilk darsliklar muallifi, “Maktab”, “Nashriyot” shirkatlar muassisi, o‘zbek teatri asoschilaridan biri, “Turon” teatr truppasi tuzuvchisi, Turkistonning Afg‘onistondagi birinchi muxtor elchisi, diplomat. Filmda uning faoliyatidagi barcha sohalar qisman bo‘lsa-da, tasvirlanadi. Shuningdek, avvaliga jadidlar qatorida bo‘lgan Avloniyning keyinchalik Sho‘rolar hukumatiga xizmat qilish sabablari, Afg‘onga qilingan safar barobarida uning o‘sha hukumatga nisbatan paydo bo‘lgan qarshi fikrlari, millati va yurti uchun chin yurakdan jon koyitishi film g‘oyalaridan biridir.

Kinokartinada Abdulla Avloniy obrazini Xorazm teatri aktyori Alisher Yo‘ldoshev gavdalantirgan. Film postanovkachi operatori Ravshan Mirzakamolov, rassom Qahramon Matkarimov, liboslar ustasi Nigora Po‘latova, grimchi-rassom Mahbubat Isanova, dikorator-rassom Sodiq Masharipov, montaj ustasi Dilshod Ibragimov. Film musiqasini bastakor Abulqosim Muinzoda bastalagan. Filmda Matyoqub Matchonov, Muhammadali Abduqunduzov, Abror Yo‘ldoshev, Javohir Zokirov kabi san’atkorlar rol ijro etgan.

Filmni suratga olish ishlari 2019-yilning aprel oyida boshlanib, avgust oyida nihoyasiga yetdi. Syomka jarayonlari Xorazm, Qoraqalpog‘iston Qo‘qon hududlarida bo‘lib o‘tdi. Xususan, 20 dan ziyod dekoratsiya: jumladan, 3 ta vokzal, 2 ta 14 metrli poyezd, bitta paroxod qurildi, 500 dan ziyod kostyum tikildi.

“Asosiy maqsadi Abdulla Avloniy obrazi timsolida o‘sha davrda yashab, faoliyat yuritgan, millat va yurt uchun kurashgan ziyolilarning hayotini ko‘rsatish va bu orqali bugungi kun yoshlarida millatga bo‘lgan muhabbat, ajdodlarga nisbatan faxr va g‘urur tuyg‘ularini shakllantirishdan iborat” deydi film rejissyori Muzaffar Erkinov.
“Avloniy” tarixiy filmini 7-dekabrdan Toshkentdagi kinoteatrlarda namoyish etilmoqda. 


Bu ham qiziq

Tailand qirolichasi qiruvchi samolyotni ilk bor mustaqil boshqardi

Tailand qirolichasi qiruvchi samolyotni ilk bor mustaqil boshqardi

Tailand qirolichasi Sutxida Shvetsiyada ishlab chiqarilgan JAS 39C Gripen ko‘p maqsadli qiruvchi samolyotida ilk mustaqil pa…
09:37 / 10.10.2026
Isroil Madrimovning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Isroil Madrimovning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

WBA yo‘nalishi bo‘yicha sobiq jahon chempioni Isroil Madrimov 30-oktyabr kuni Toshkentda ozarbayjonlik bokschi Seymur Isayev…
11:40 / 08.10.2026
Tramp Oq uy matbuot kotibi lavozimiga Keti Zaxariyani tayinladi

Tramp Oq uy matbuot kotibi lavozimiga Keti Zaxariyani tayinladi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Keti Zaxariyani Oq uyning yangi matbuot kotibi etib tayinlaganini e’lon qildi. U avgust oyi oxi…
09:29 / 10.10.2026
Toshkent viloyatida eskirgan va yaroqsiz avtotransport vositalariga tegishli davlat raqam belgilari topshirilmoqda

Toshkent viloyatida eskirgan va yaroqsiz avtotransport vositalariga tegishli davlat raqam belgilari topshirilmoqda

Foydalanish imkoniyati yo‘qolgan, yaroqsiz holga kelgan avtomobillar davlat ro‘yxatidan chiqarilib, ularga tegishli davlat r…
09:26 / 09.10.2026
Yil oxirigacha Yangi Toshkentda 20 ming xonadonni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan

Yil oxirigacha Yangi Toshkentda 20 ming xonadonni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishini jadallashtirish masalalari yuzasidan investor va tadbirkorlar bi…
10:38 / 12.10.2026
Turkiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

Turkiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga qo‘shimcha cheklovlar bilan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga ruxsat beriladi.
17:20 / 10.10.2026
“Real Sanjik” ishi: Sanjar Karimovga chiqarilgan hukm o‘zgarishsiz qoldirildi

“Real Sanjik” ishi: Sanjar Karimovga chiqarilgan hukm o‘zgarishsiz qoldirildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida 8-oktabr kuni “Real Sanjik” nomi bilan tanilgan tadbirkor Sanjar Karimovga n…
17:51 / 08.10.2026
Andijonda 64 ming dollarni paypog‘iga yashirgan fuqaro ushlandi

Andijonda 64 ming dollarni paypog‘iga yashirgan fuqaro ushlandi

Andijon viloyatida fuqaro O‘zbekistondan Qirg‘izistonga olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan 64 ming AQSH dollarini paypog‘iga yash…
15:07 / 08.10.2026
AQShda turistlar uchun Trampning Oval kabineti nusxasi yaratildi

AQShda turistlar uchun Trampning Oval kabineti nusxasi yaratildi

AQSHda prezident Donald Trampning Oval kabineti nusxasi yaratilib, Oq uy yaqinidagi “Xalq uyi” muzeyiga joylashtirildi. Bu h…
15:10 / 08.10.2026
Tramp yana Nobeldan quruq qoldi. Mukofot afrikalik ayolga nasib etdi.

Tramp yana Nobeldan quruq qoldi. Mukofot afrikalik ayolga nasib etdi.

Yurist, Ruanda bo‘yicha Xalqaro jinoiy tribunalning sobiq raisi, 2008-2014 yillarda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy ko…
16:30 / 09.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!