Özbekistonda ayrim telekanallarda reklama roliklari ovozining teledasturlarga nisbatan balandligi yuzasidan tomoşabinlardan murojaatlar kelib tuşmoqda. Bu haqda Raqobat qömitasi xabar berdi.
Qömita ma’lumotiga köra, reklama ovozining haddan taşqari baland bölişi tomoşabinlar uçun noqulaylik tuğdirmoqda.
Amaldagi qonunçilikda bu borada aniq talablar belgilangan. Jumladan, “Reklama töğrisida”gi qonunning 27-moddasiga muvofiq, reklama va uning anonsi ovozi reklama sababli uzib qöyilgan teledastur yoki telekörsatuv ovozidan baland bölmasligi kerak.
Raqobat qömitasi uşbu talablar bajarilişini nazorat qilib borişini ma’lum qildi. Zarur hollarda reklama ovozining belgilangan me’yorlarga muvofiqligi maxsus texnik vositalar yordamida tekşiriladi.
Qonunçilik talablarini buzgan holda reklama tarqatiş belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bölişi mumkin.
Qömita telekanallar, reklama agentliklari va boşqa reklama tarqatuvçilarni qonunçilik talablariga rioya etişga çaqirdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!