2026-yilning yanvar–oktyabr oylarida Özbekistonda 73 581 ta yangi tadbirkorlik subyekti röyxatdan ötkazildi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, mazkur körsatkiç 2025-yilning şu davriga nisbatan 4 101 taga yoki 5,9 foizga köp. Hisob-kitoblarda dehqon va fermer xöjaliklari inobatga olinmagan.
Hududlar kesimida eng köp yangi tadbirkorlik subyektlari Toşkent şahrida taşkil etilgan — 16 611 ta. Keyingi örinlarda Toşkent viloyati (7 894 ta) va Xorazm viloyati (6 534 ta) qayd etilgan.
Boşqa hududlar böyiça körsatkiçlar quyidagiça:
Samarqand viloyati — 5 827 ta;
Farğona viloyati — 5 324 ta;
Qaşqadaryo viloyati — 4 646 ta;
Surxondaryo viloyati — 4 109 ta;
Andijon viloyati — 3 845 ta;
Jizzax viloyati — 3 837 ta;
Buxoro viloyati — 3 708 ta;
Namangan viloyati — 3 678 ta;
Qoraqalpoğiston Respublikasi — 3 335 ta;
Navoiy viloyati — 2 290 ta;
Sirdaryo viloyati — 1 943 ta.
Statistik ma’lumotlarga köra, yangi tadbirkorlik subyektlarining eng katta qismi Toşkent şahriga töğri kelgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!