$
12360.86 UZS
5.72
145.66 UZS
-2.82
14479.51 UZS
-60.02
31° Kechasi 18°

Soat millari nega chapdan o‘ngga harakatlanadi?

09:27 / 09.12.2019

Bu savolga “Nimaga bo‘lardi, chapdan o‘ngga yozganimizdam keyin soat strelkalari ham shunday harakatlanadi-da”,deb javob beruvchilar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Kamina ham avvallari shunday o‘ylardim. Keyin o‘ylanib qoldim, agar soat millarining harakati yozuvga asoslangan bo‘lsa, dunyoda hamma ham shu tarzda yozmaydi-ku. Arablar o‘ngdan chapga, xitoyliklar esa tepadan pastga yozishadi, lekin hamma joyda soat bir xil harakatlanadi. 

Keling, dastlab soatning asosini tashkil etuvchi sifroblat (ko‘rsatkichli oʻlchov asboblarida raqamli boʻlinishlarga ega boʻlgan plastinka)ni kim yaratganiga e’tibor beraylik. Uni Misirliklar ixtiro qilishgan. Biroq, ular qanday sirtga (teriga, yog‘ochga) yozayotganliklariga qarab, matnni o‘ngdan chapga, chapdan o‘ngga hattoki, tepadan pastga qarab yozishlari mumkin edi. Chunki ular uchun yozuvdagi eng muhim omil bu iyerogliflarning chiroyli ko‘rinishi edi. Yozuv belgilarining chiroyli ko‘rinishi uchun ularga har qanday uslubda yozishga ruxsat berilgan. 

Xo‘sh, unda nega soat strelkasi chapdan o‘ngga harakatlanadi?

Sifroblat misrliklar ixtirosi ekanligini inkor qilib bo‘lmaydi. Biroq, sifroblat soatlarga quyosh soatlari prototip qilib olingan. Ya’ni avvallari ochiq joyga yog‘och tiqib qo‘yilgan va yog‘ochning soyasiga qarab vaqt belgilangan. Tabiiyki, shimoliy yarimsharda yashaganimiz uchun bu soya chapdan o‘ngga tomon harakatlangan. Dunyodagi birinchi soat ham bizga yaqin bo‘lgan hududlarda ixtiro qilingan.  

Demak, shulardan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, vaqtni o‘lchash asboblarining chapdan o‘ngga tomon harakatlanishiga quyosh soatlarining ishlashi asos bo‘lgan. Va odamlar ham sifroblatni aynan shu holatda ko‘rishga odatlanganlar. 

Agar soatlar, janubiy yarimsharda, aytaylik Avstaliyaning biron-bir yerida ixtiro qilinganda, ehtimol, ular boshqa yo‘nalishda harakatlangan bo‘lar edi. 


Bu ham qiziq

Yevrokomissiya Isroilni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatadi

Yevrokomissiya Isroilni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatadi

Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen Isroil bo‘yicha bir qator bayonotlar berdi. Bu haqda Euronews xabar berdi.
19:41 / 10.09.2025
Endilikda ta’lim muassasalarida xitoy tili o‘rgatiladi

Endilikda ta’lim muassasalarida xitoy tili o‘rgatiladi

Prezidentning Xitoyga tashrifi davomida loyihalar uchun xitoy tilini biladigan kadrlar kerakligi ta’kidlangan
10:41 / 10.09.2025
Finlandiya Prezidenti yaqin kelajakda O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Finlandiya Prezidenti yaqin kelajakda O‘zbekistonga tashrif buyuradi

O‘zbekiston va Finlyandiya yetakchilari ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildilar
20:10 / 09.09.2025
Angrendagi YTH oqibatida vafot etganlar 13 nafarga yetdi

Angrendagi YTH oqibatida vafot etganlar 13 nafarga yetdi

Manbalarga ko‘ra, vafot etganlarning soni IIV taqdim etgan ilk xulosadan ko‘proqni tashkil etmoqda
12:56 / 10.09.2025
Toshkentda ayol 7 yoshli farzandini pichoqlab o‘ldirdi

Toshkentda ayol 7 yoshli farzandini pichoqlab o‘ldirdi

Ma’lum bo‘lishicha, 2022-yilda farzandini hayvonot bog‘ida ayiq qafasiga tashlab yuborgan ona ham shu ayol bo‘lgan
22:47 / 09.09.2025
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg gubernatorini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg gubernatorini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-sentyabr kuni Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov …
19:50 / 10.09.2025
Buyuk Britaniya politsiyasi mashhur ko‘cha rassomi Benksiga tergov boshladi

Buyuk Britaniya politsiyasi mashhur ko‘cha rassomi Benksiga tergov boshladi

Buning natijasida uning shaxsi maxfiylikdan chiqarilishi mumkin
21:38 / 09.09.2025
Tashqi ishlar vazirligi: “O‘zbekiston Isroilning Dohadagi turar-joy binolariga qilgan hujumini qoralaydi”

Tashqi ishlar vazirligi: “O‘zbekiston Isroilning Dohadagi turar-joy binolariga qilgan hujumini qoralaydi”

“Bunday tajovuzkor xatti-harakatlar BMT nizomlariga zid” - deyiladi xabarda
21:07 / 09.09.2025
Zo‘rlash jinoyatini sodir etgan erkak Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Zo‘rlash jinoyatini sodir etgan erkak Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Zo‘rlash jinoyatini sodir etgani uchun Interpol orqali xalqaro qidiruvda bo‘lgan fuqaro Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiy…
18:28 / 10.09.2025
Sergelidagi gavjum ko‘chalardan biri 20 kunga yopiladi

Sergelidagi gavjum ko‘chalardan biri 20 kunga yopiladi

“Veolia Energy” kuz-qish mavsumi oldidan issiqlik quvurlari almashtirilishi sabab yo‘l yopilishini ma’lum qildi
13:07 / 10.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!