$
11934.64 UZS
-14.39
164.14 UZS
-2.14
13896.69 UZS
-25.12
31° Kechasi 18°

Uch baxtiyor

20:52 / 19.05.2020

Bir dehqonning uch o‘g‘li bo‘lgan ekan. Kunlarning birida u uchovini ham yoniga chaqiribdi-da:
– Men qarib qoldim. Ko‘zimning tirigida merosni sizlarga bo‘lib berishga qaror qildim. Pulim yo‘q. Shuning uchun biringizga – xo‘rozni, ikkinchingizga – o‘roqni, uchinchingizga esa – mushukni meros qilib qoldiraman. Narsalar unchalik qimmatli emas, lekin oqilona foydalanilsa, ular katta naf keltirishi mumkin. Shunday bir mamlakat topishga harakat qilinglarki, u yerdagi odamlar bu narsalarni hali hech qachon ko‘rmagan bo‘lsin, ana o‘shanda sizlarning baxtingiz ochiladi, – debdi.
Shunday qilib, otaning vafotidan so‘ng to‘ng‘ich o‘g‘il xo‘rozi bilan baxt qidirib ketibdi. Lekin qayerga bormasin, xo‘roz azaldan hammaga ma’lum ekan. Shahar minoralari cho‘qqisiga o‘rnatilgan xo‘rozlar flyugerlar bo‘lib, ular doim shamolga qarab burilib turar ekan. Qishloqlarda ham xo‘rozsiz hovli yo‘q ekan. Bu parranda ajoyibot bo‘lmagani uchun, biror kimsa uning xo‘roziga qiyo boqib qaramabdi ham.
Nihoyat to‘ng‘ich o‘g‘lining omadi kelibdi. U odamlar xo‘rozni bilmaydigan orolga tushib qolibdi.
– Bir qaranglar-a, qanday ajoyib qush! – debdi ularga to‘ng‘ich o‘g‘il. 
– Boshida qizil toj, oyoqlarida esa pixi bor. U tunda uch marotaba doimo o‘z vaqtida qichqiradi.
Birinchi marta u soat ikkida, ikkinchi marta – soat to‘rtda va uchinchi marta – ertalab soat oltida qichqiradi.
Bordi-yu, u kunduzi qichqirib qoIsa, bu tez orada havo aynishidan darak beradi.
Xo‘roz orol aholisiga juda yoqib qolibdi. Ular tun bo‘yi uxlamay uning soat ikkida, to‘rtda va oltida qichqirib, vaqtdan darak berishini eshitishibdi. Ertalab esa bu qush sotiladimi, uning bahosi qancha, deb so‘rashibdi.
To‘ng‘ich o‘g‘il:
– Menga uning evaziga bir eshak ko‘tarib ketguday oltin bersanglar bas, – debdi.
– Bu bebaho qushni u suv tekinga beryapti-ku! – deb bir ovozdan xitob qilibdi orol ahli va xo‘rozni sotib olishibdi.
To‘ng‘ich o‘g‘il uyiga qaytib kelganda, ukalari xo‘roz badaliga buncha ko‘p pul olganiga hayron bo‘lishibdi.
– Men ham bir baxtimni sinab ko‘ray-chi, debdi o‘rtancha o‘g‘il. – Zora o‘rog‘imni yaxshi narxga sotsam. – Shunday deb u yo‘lga ravona bo‘libdi.
Lekin u qayerlarga bormasin dehqonlarning qo‘lida xuddi o‘zinikidek o‘roqni ko‘ribdi.
Nihoyat uning ham omadi kelib, odamlari o‘roqni ko‘rmagan orolga tushib qolibdi. Ekilgan donni yig‘ishtirib olish uchun ular bug‘doyzorga yaqin joyga to‘pni g‘ildiratib borib otishar, to‘p o‘qlari esa boshoqlarni bandidan uzar ekan. Bu juda noqulay ekan, negaki, o‘qlar goh tegmay o‘tar, goh boshoqlaming o‘ziga tegib ketib, ko‘p donni nobud qilar ekan. Otishmaning shovqinsuronini aytmaysizmi.
O‘rtancha o‘g‘il dalaga boribdi-da, bug‘doyni shunday tez va tovushsiz o‘rib ketibdiki, u yerdagi odamlarning taajjubdan og‘izlari ochilib qolibdi. Oroldagi odamlar undan o‘rog‘ini ularga sotishni iltimos qila boshlashibdi.
– Uning evaziga sizlar menga bir ot ko‘tarib ketguday oltin berasizlar, – debdi o‘rtancha o‘g‘il, va pulni olib, xush kayfiyatda uyiga qaytibdi.
Nihoyat uchinchi o‘g‘il ham mushugi bilan baxt qidirib ketibdi.
Dastlab uning ishi ham akalarinikidek yurishmabdi. U qayoqqa bormasin, hamma yerda mushuk bor ekan. Lekin bir kuni unga ham baxt kulib boqibdi: u shunday orolga suzib boribdiki, u yerda bitta ham mushuk yo‘q ekan. Lekin sichqonlar bu oroIda son-sanoqsiz ekan!
Ular stol va kursilarning ustida chopib yurishar, odamdan sira cho‘chishmas ekan. Orol aholisi ulardan azob chekar, hatto qirolning o‘zi ham saroyda sichqonlardan qochib qutula olmas ekan.
Sichqonlar burchak-burchaklarda chiyillashib, duch kelgan narsani kemirib tashlar ekan.
Kenja o‘g‘il mushugini qo‘yib yuborgan ekan, mushuk shu zahotiyoq ovga kirishib ketibdi. Hash-pash deguncha u saroyning katta-katta ikki zalidagi sichqonlarning qironini keltiribdi.
Qirol mushuknі sotib olmoqchi bo‘libdi va uning evaziga bir tuya ko‘tarib ketgudek oltin beribdi. Kenja o‘g‘il uyga hammadan ko‘p pul olib qaytibdi.
Qirol saroyida esa mushuk tutgan sichqonlarning sanog‘iga yetib ham bo‘lmas emish. Charchoqdan mushukning tomog‘i qaqrab, chanqab ketibdi.
U tumshug‘ini yuqoriga ko‘tarib: “Miyov, miyov!” deb miyovlay boshlabdi.
Qirol va a’yonlar bu g‘alati tovushni eshitib, qo‘rqib saroydan qochib ketishibdi.
Qirol maslahatchilarini to‘plabdi, hammalari mushukdan qanday qutulishni o‘ylay boshlabdilar.
Nihoyat: “Bunday azroil bilan yashab, jon hovuchlab yurgandan ko‘ra, sichqonlardan azob chekkanimiz ma’qul. Sichqonlarga ko‘nikib ketganmiz, axir”, degan qarorga kelishibdi.
Qirol mushukning oldiga saroydan chiqib ketish to‘g‘risidagi farmon bilan xizmatkorini yuborib:
– Ogohlantirib qo‘y, agar u ketishdan bosh tortsa, ahvoli yomon bo‘ladi! – debdi.

Mushuk esa kengash davom etgan vaqt ichida yana battar chanqabdi. Xizmatkor undan, saroydan yaxshilikcha chiqib ketishga rozimisan-yo‘qmi, deb so‘raganda, mushuk unga javoban yana: “Miyov, miyov!” debdi.
Xizmatkorga u: “Yo‘q, yo‘q!” deyayotganday tuyulibdi. U qirolga xuddi shunday deb yetkazibdi.
– Na chora, – debdi qirol, – yaxshilikcha ketishni xohlamasa, zo‘rlab haydab chiqarishga to‘g‘ri keladi. U hovliga to‘plarni g‘ildiratib chiqishni va saroyga qaratib o‘q otishni buyuribdi. Saroyga o‘t ketibdi. Olov mushuk o‘tirgan xonaga o‘tganda u derazadan bemalol sakrab chiqib qochib ketibdi.
Saroyga esa to undan bir uyum vayrona qolguncha to‘pdan gumburlatib otaverishibdi.


Bu ham qiziq

Venada BMT vakili bilan narkotahdidlarga qarshi hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Venada BMT vakili bilan narkotahdidlarga qarshi hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Venada BMT Bosh kotibi o‘rinbosari hamda BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi direktori …
03:10 / 02.06.2026
Madaniyat va sanʼat fidoyilari sharaflandi

Madaniyat va sanʼat fidoyilari sharaflandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28-maydagi farmoni bilan madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari xodimlaridan bir gur…
12:48 / 01.06.2026
To‘rt hududda qariyb 7 milliard so‘mlik mineral o‘g‘itlar talon-toroj qilingani aniqlandi

To‘rt hududda qariyb 7 milliard so‘mlik mineral o‘g‘itlar talon-toroj qilingani aniqlandi

Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida o‘tkazilgan tekshiruvlarda saqlash uchun qabul qilingan mineral o…
03:20 / 02.06.2026
Samarqandda elektromoped 8 kishi bilan kanalga quladi: 4 kishi halok bo’ldi

Samarqandda elektromoped 8 kishi bilan kanalga quladi: 4 kishi halok bo’ldi

Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida 8 nafar fuqaro bo‘lgan elektromoped kanalga qulab tushishi oqibatida 4 kishi halok …
13:04 / 02.06.2026
“Ba’zan bizda milliy ruh yetishmaganday bo‘lyapti”

“Ba’zan bizda milliy ruh yetishmaganday bo‘lyapti”

“Sahna asarlari bor, lekin kuchli ta’siri yo‘q. Qo‘shiqda ovoz bor, lekin xalqning o‘tkir nafasi sezilmayapti. Kinoda haraka…
14:11 / 01.06.2026
4-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

4-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi…
12:24 / 03.06.2026
Soliq qo‘mitasi aprel oyi uchun 143,6 milliard so‘mlik keshbekni tasdiqladi

Soliq qo‘mitasi aprel oyi uchun 143,6 milliard so‘mlik keshbekni tasdiqladi

Soliq qo‘mitasi 2026-yil aprel oyida amalga oshirilgan xaridlar bo‘yicha keshbek to‘lovlarining asosiy qismini tasdiqladi.
08:47 / 03.06.2026
O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ishonchi yanada mustahkamlandi

O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ishonchi yanada mustahkamlandi

Xalqaro reyting agentligi Fitch Ratings O‘zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini “Barqaror” (Stable) darajasidan “…
19:11 / 03.06.2026
3-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

3-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi…
17:23 / 02.06.2026
Tramp surati tushirilgan kupyuralar chiqarilishi mumkin

Tramp surati tushirilgan kupyuralar chiqarilishi mumkin

Ammo AQSh qonunchiligi tirik shaxslar suratini milliy valyutada aks ettirishni taqiqlaydi.
12:33 / 01.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!